Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Nizom 2025 yil hosilidan boshlab har yili paxtadan 50 sentner/gektar, g‘alladan 80 sentner/gektardan yuqori hosil olganini soliq hisobotlarida aks ettirgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga kelgusi yilda ijaraga olingan jami yer maydonining 25 foiziga almashlab ekish usulida chorva uchun ozuqa, sabzavot, poliz, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlarni ekish (joylashtirish) tartibini belgilaydi.
Har bir tumanda tuman (Quvasoy shahar) hokimligi tomonidan yuqori hosildorlikka erishgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirishga ko‘maklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi namunaviy tarkibda tuziladi.
Yuqori hosildorlikka erishgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari manzilli ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida har kalendar yilning 20 dekabriga qadar ishchi guruhga elektron yoki yozma shaklda ariza bilan topshirilgan mahsulot hisob-fakturasi, soliq va statistika hisobotlarining tasdiqlangan nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Ishchi guruh uch ish kunida quyidagilarni o‘rganib chiqadi:
- paxta va g‘alla hosili elektron tarozi orqali qabul qilingani;
- yuqori hosildorlik elektron hisob-faktura orqali tasdiqlangani;
- yuqori hosildorlik soliq va statistika hisobotlarida aks ettirilgani;
- hisobot va ko‘rsatkichlarning haqqoniyligi.
Ishchi guruh har kalendar yilning 25 dekabriga qadar yuqori hosildorlikka erishgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari manzilli ro‘yxatini shakllantiradi.
Quyidagi hollarda yuqori hosildorlikka erishgan talabgorlarning manzilli ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi murojaatlari rad qilinadi:
- paxta va g‘alla hosili elektron tarozi orqali qabul qilinmaganda;
- yuqori hosildorlik elektron hisob-faktura orqali tasdiqlanmaganda;
- yuqori hosildorlik soliq hisobotlarida aks ettirilmaganda;
- korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlar bazasida murojaat qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yekt faol holatda emasligi;
- yuqori hosildorlikka hisobotlarga qo‘shib yozish yoki ikki va undan ortiq ishlab chiqaruvchilar ko‘rsatkichlarini sun’iy birlashtirish orqali yohud boshqa g‘ayriqonuniy harakat natijasida erishilgan bo‘lsa.
Tasdiqlangan manzilli ro‘yxat ishchi guruh tomonidan har kalendar yilning 31 dekabriga qadar tuman hokimligiga kiritiladi.
Tuman hokimligi manzilli ro‘yxatdagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari jami yer maydonining 25 foiziga almashlab ekish usulida paxta va g‘alladan boshqa ekinlarni joylashtirish bo‘yicha takliflarni tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman suv yetkazib berish xizmati, fermerlar kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Bunda, yuqori hosildorlikka erishgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari jami yer maydonining 25 foiziga almashlab ekish usulida chorva uchun ozuqa, sabzavot, poliz, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlarni ekish (joylashtirish) mumkin.
Yerning meliorativ holatining yomonlashishiga, shuningdek suv ta’minoti yomon yerlarga ko‘p suv talab etiladigan ekinlarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Rag‘batlantirish imtiyozi bir kalendar yil uchun amal qiladi va keyingi yil uchun qayta ariza bilan murojaat qilinadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston | 17:47
-
Idish yuvish gubkasi: hojatxona tagligidan 456 baravar ko‘p bakteriya saqlaydigan oshxona buyumi haqida nimalarni bilasiz?
Jamiyat | 17:19
-
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 17:16
Mavzuga oid

14:03 / 25.06.2025
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish rag‘batlantiriladi

17:04 / 01.05.2025
AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

20:30 / 20.03.2025