Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Unda, fuqaro Q.X. elektron auksion savdolari natijasi bo‘yicha o‘zining nomiga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ijara shartnomasi asosida ajratilgan Urganch tumani Qo‘ng‘irot mahallasi hududidagi 10 sotix yer maydonini fuqaro H.S.ning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 30 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xonobod shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.X. fuqaro M.T.ning ishonchiga kirib, fuqaro S.T.ga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ajratilgan 20 sotix yer maydoni go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonida bino-inshootlar qurishga ruxsat beruvchi hujjatlarini tayyorlab, uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning G‘ozg‘on shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.K. “Oq oltin” MFY hududidagi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 13 sotix bo‘sh yer maydonini fuqaro M.Jga sotishga kelishib, 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:39 / 26.06.2025
Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

11:14 / 26.06.2025
Yer toifasini o‘zgartirib berish uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

09:02 / 26.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?

10:52 / 25.06.2025