Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
Avvalroq, shu mazmundagi da’volar paydo bo‘lgan edi.

Foto: Reuters
AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha vakili Stiv Uitkoff avvalroq internetda paydo bo‘lgan va HAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha uning taklifini qabul qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Axios muxbiri Barak Ravid ma’lumot berdi.
«HAMAS qilayotgan ishlar umidsizlikka soladi va mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi», deb yozdi muxbir Uitkoff so‘zlariga tayanib.
Avvalroq, Reuters agentligi Falastinning HAMAS guruhi AQSh maxsus vakilining Isroil va Falastin harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejasini qabul qilgani haqida xabar bergan edi. Stiv Uitkoffning rejasi 70 kunlik sulh va falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga garovdagi 10 nafar isroillikni ozod qilishni nazarda tutadi. Mahbuslarni ozod qilishning birinchi bosqichi o‘t ochishni to‘xtatishning birinchi kunida, ikkinchisi yettinchi kuni bo‘lib o‘tishi kerak.
17 may kuni Dohada HAMAS va Isroil o‘rtasida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi muzokaralar boshlandi, biroq manbalarga ko‘ra, muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. 21 may kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu idorasi Isroil Stiv Uitkoffning taklifiga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

15:21
Germaniyada faollar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi

23:16 / 05.06.2025
AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari Meksikaga 10 mlrd dollar tovon to‘lamaydigan bo‘ldi

21:42 / 05.06.2025
Tramp va Si Jinping telefon orqali gaplashdi

20:32 / 05.06.2025