Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi
O‘zbekiston TIV rahbari Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi.

Foto: gov.uz
2025 yilning 24 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
ICESCO tomonidan ilgari surilayotgan istiqbolli tashabbuslar yuqori baholandi. 2025 yilda Samarqand shahrining Islom dunyosining madaniyat poytaxti sifatida nishonlanishi tashabbusi madaniy aloqalarga yangi nafas bag‘ishlagani ta’kidlandi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston hukumati va ICESCO o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish va yaqin kelajakda samarali loyihalarni birgalikda amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan harakatlar rejasi imzolandi.
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi

08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

08:42 / 24.04.2025
O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari Samarqandda muzokara o‘tkazdi

23:31 / 15.04.2025