O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
Poytaxtda Xitoy Xalq Respublikasining Futszyan provinsiyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida investitsiyalar va savdo sohalariga oid qator hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Futszyan provinsiyasi XXRning iqtisodiy rivojlangan hududlaridan biridir. Viloyat yalpi ichki mahsuloti 2024 yilda taxminan 800 milliard dollarni tashkil etdi.
Tadbir davomida Xitoyning Xiamen ITG Group, Fujian Xinwancheng Investment, Fujian Sitong Stone Company, Fuzhou Fuqiang Precision kabi yirik kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 20 dan ortiq kelishuvlar imzolandi. Kelishuvlar qurilish materiallari ishlab chiqarish, tog‘-kon sanoati, to‘qimachilik, avtomobilsozlik va boshqa ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oldi.
Shuningdek, Xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash agentligi va Xitoy xalqaro investitsiya va savdo yarmarkasi tashkilotchilari o‘rtasida O‘zbekistonga investorlarni jalb qilish va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida yirik sarmoyaviy loyihalarni ilgari surish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid

13:09 / 21.06.2025
O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi mumkin

11:14 / 21.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

16:00 / 19.06.2025
Malayziya ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi

18:33 / 18.06.2025