Jamiyat | 19:26 / 26.05.2025
2139
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

U bank xizmatlari markazida ishlovchi tanishlari orqali kredit ajratib berish evaziga fuqarodan 3 ming dollar talab qilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen

Xorazm va Andijon viloyatlarida noqonuniy yo‘llar bilan imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Hazorasp tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda T.J. ismli shaxs fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 million so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Andijon viloyatida o‘tkazilgan tadbirda esa U.O. ismli shaxs fuqaro B.M.ga go‘yoki Andijon shahar bank xizmatlari markazida ishlovchi tanishlari orqali 3 ming dollar evaziga 100 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratib berishini aytib, shundan 1 000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid