Xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya kimlarga va qay tartibda beriladi?
SSV matbuot xizmati ushbu savolga Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘lim boshlig‘i Shahobiddin Gulyamovdan javob oldi.
— Xalq tabobati ixtisosligi bo‘yicha tibbiy faoliyatga litsenziya berish Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida»gi yagona Nizom talablari asosida amalga oshiriladi, — deydi Sh.Gulyamov.
— Ushbu litsenziya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan faqat yuridik shaxslar uchun beriladi.
Buning uchun yuridik shaxs o‘z elektron raqamli imzosi (ERI) yordamida «Lisenziya» axborot tizimi (license.gov.uz) orqali elektron shaklda ariza yuboradi.
Ariza 30 kun muddatda ko‘rib chiqilib, uning uchun to‘lanadigan yig‘im bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini tashkil etadi. Shuningdek, litsenziya berilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi.
Tibbiy faoliyatga litsenziya olish uchun quyidagilar talab etiladi:
- vrach mutaxassis — oliy tibbiy ma’lumotga, xalq tabobati ixtisosligi bo‘yicha amaldagi malaka toifasiga hamda so‘nggi besh yil ichida malaka oshirgani to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lishi (tibbiy ma’lumoti bo‘lmagan mutaxassislar uchun Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi tomonidan xalq tabobati bo‘yicha o‘quv kursini tugatgani bo‘yicha berilgan guvohnoma) ega bo‘lishi;
- tibbiyot xodimida — sterilizatsiya uskunasida ishlash bo‘yicha o‘quvdan o‘tganini tasdiqlovchi hujjat (agar sterilizatsiya talab etilsa);
- mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos litsenziyalangan faoliyat turini amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalar;
- mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan metrologik va texnika xavfsizligi me’yorlariga mos uskunalar hamda boshqa texnika vositalari.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ham xalq tabobati bo‘yicha tibbiy faoliyat yuritishi mumkin.
Buning uchun ular Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazida tegishli o‘quv kursini tamomlab, maxsus guvohnoma olishi hamda yuridik shaxs tashkil etib, xalq tabobati ixtisosligi bo‘yicha tibbiy faoliyatga litsenziya olishi talab etiladi.
Shuningdek, litsenziya olmoqchi bo‘lgan yuridik shaxsda mavjud bo‘lishi talab etiladigan tibbiy asbob-uskunalar ro‘yxati Adliya vazirligida 2017 yil 28 iyulda 2905-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan talablarning 54 prim-1 va prim-2-bandlari bilan belgilangan.
Ushbu faoliyatga litsenziya olishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklarining hududiy boshqarmalari bilan kelishish talab etiladi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunga qadar 131 ta yuridik shaxs Sog‘liqni saqlash vazirligidan xalq tabobati ixtisosligi bo‘yicha tibbiy faoliyatga litsenziya olgan.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
Jamiyat | 19:35
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
Mavzuga oid

15:16 / 14.05.2025
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlashadi

17:00 / 25.04.2025
Xususiy klinikalarni tekshirish bo‘yicha SSVning vakolatlari kengaytirilishi mumkin

02:22 / 19.04.2025
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida

08:09 / 20.02.2025