Metroning 9 ta bekatida ona-bola xonasi va hojatxona qurilishi va’da qilingandi. Bu amalga oshyaptimi?
Kun.uz Toshkent metropolitenidan olgan ma’lumotga ko‘ra, ishlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich doirasida “Buyuk ipak yo‘li” bekatida ona-bola xonasi va hojatxona ochilgan, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy” bekatlarida yakuniy qurilish ishlari qolgan. Rejadagi qolgan bekatlarda ishlar qachon boshlanishi noma’lum.

"Chilonzor" bekati
O‘tgan yili noyabr oyida noma’lum erkak “Paxtakor” bekatida hojatini chiqargani videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, Toshkent metropoliteni 9 ta bekatda ona-bola xonasi va hojatxona qurilishi va 1-bosqich boshlanganini e’lon qilgandi.
Kun.uz shu ishlar ijrosi yuzasidan Toshkent metropoliteni matbuot xizmati bilan bog‘landi. Ta’kidlanishicha, 1-bosqichda hozircha faqat “Buyuk ipak yo‘li” bekatida shunday maxsus xonalar tashkil qilingan.
“Amir Temur xiyoboni” va “Paxtakor” bekatida qurilishning yakuniy bosqichi ketmoqda, “Beruniy” metro bekatida esa montaj va demontaj ishlari qolgan.
“Qurilish jarayonining o‘zi: o‘rnatish, kerakli jihozlar bilan ta’minlanishi – umuman ishlarni amalga oshirish uchun sharoit noqulay. Bu yer ustida qilinadigan jamoat hojatxonalaridan farq qiladi. Shuning hisobiga cho‘zilishi mumkin.
Hamma bekatimiz har xil yer qatlamida joylashgan, shunga qarab hammasidagi qurilishga har xil vaqt ketadi. Hozir bir vaqtning o‘zida “Paxtakor” bilan “Amir Temur xiyoboni” bekatlarida qurilyapti, 90-95 foiz ishi bitgan. “Beruniy”dagisida esa montaj-demontaj ishlari ketyapti”, – deydi korxona matbuot kotibi To‘ychi Mirzayev.
Hozircha 1-bosqich qachon yakunlanib, maxsus xonalar ish boshlashi, qolaversa, 2-bosqich qurilishi qachondan start olishi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, 9 ta bekatda qurilayotgan hojatxonalar pulli bo‘lib, uning narxi tadbirkor tomonidan belgilanishi ma’lum qilingan.
Maxsus xonalar quriladigan bekatlar quyidagilar:
- “Buyuk ipak yo‘li”;
- “Amir Temur xiyoboni”;
- “Mustaqillik maydoni”;
- “Paxtakor”;
- “Olmazor”;
- “Beruniy”;
- “Chorsu”;
- “Do‘stlik”;
- “Bodomzor”.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

08:03 / 22.06.2025
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti

17:43 / 21.06.2025
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi

21:02 / 19.06.2025
11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi

18:13 / 19.06.2025