Jamiyat | 19:00 / 19.05.2025
6080
5 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor

Agar ideal sayohat haqidagi orzungiz hayajon, go‘zal manzara va chinakam hashamatli dam olish uyg‘unligi bo‘lsa, Saudiya Arabistoniga xush kelibsiz! Mamlakat qulaylik yuqori darajada bo‘lgan jozibador sarguzashtlarga to‘la, jadal sur’atlar bilan ommabop va qulay yo‘nalish sifatida rivojlanayotgan joyga aylanmoqda.

Sahro: cheksizlik va go‘zal manzara boshlanadigan bepoyon maskan 

Dunyodagi eng katta qum sahrosi – Rub-al-Xali barxanlari bo‘ylab moziy nafasini his eting. Hayratlanarli joylarni qidirayotganlar uchun Ar-Riyod yaqinidagi mashhur Dunyo Chegarasi (Edge of World) ajoyib joy. Bu yerda qoyalar bir zumda Arab platosining tubsiz kengliklariga ulanib, hayratlanarli manzaralarni ochib beradi.

Mamlakat tarixi bilan tanishish uchun Saudiya davlatining beshigi va YuNeSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy Diriyaga tashrif buyuring. Qadimiy ko‘chalar, an’anaviy qahvaxonalar va me’morchilik muhiti Sizni mamlakat afsonalari va madaniyati ummoniga cho‘mdiradi.

Qizil dengizdagi hashamatli kurortlar

Sarguzashtlar dam olish istagiga almashganida, albatta Qizil dengizga boring, u yerda Sizni dunyodagi eng hashamatli kurortlar kutmoqda:

— Desert Rock Resort. Dam olish maskani Hijoz tog‘lari orasidagi vodiyda - Qizil dengiz xalqaro aeroportidan 20 daqiqalik masofada joylashgan. Bu tom ma’noda sahro qoyalariga qurilgan haqiqiy me’moriy asardir. Panorama manzaralar, atrofdagi landshaftga uyg‘unlashgan noyob villalar - tabiat bilan uzviy bog‘liqlikni saqlab turadi. Bu kurort nafaqat dam olish, balki osoyishtalik muhitiga singib ketishni anglatadi. Faol dam olish kunlaridan so‘ng, quyoshning ufq bo‘sag‘asida faqat Siz uchun atalgan hovuzda dam olish yoki yulduzli ochiq sahro osmoni ostida ajoyib kechki ovqatlardan bahramand bo‘lish mumkin. 

— Shebara Resort - oq plyajlar va firuza lagunalari mavjud sohildagi jannat. Dam olish maskani Jiddadan 500 km shimolda, Al-Vajh lagunasidagi yagona Shaybara orolida joylashgan. Orol marjon riflari bilan o‘ralgan bo‘lib, ular snorkeling va dayving uchun juda mos keladi. Panorama oynali keng villalar plyaj tomonga qaragan bo‘lib, individual xizmat va nafis taomlar sokinlik, qulaylik muhitini yaratadi. Bu yerda Sizni suv sarguzashtlari, yaxta sayohatlari va gulxan atrofidagi unutilmas oqshomlar kutmoqda. 

— Six Senses Southern Dunes - individuallik, go‘zal tabiat va nafis xizmatni qadrlovchi nozik did egalari tanlovi. Umlajdan 100 km shimoli-sharqda joylashgan Haff qum tepaliklari orasida yashiringan bu kurort mehmonlarga nafaqat alohida terrasali keng villalar, balki qadimiy Sharq an’analari asosida ishlab chiqilgan yuqori darajadagi SPA dasturlarini ham taklif etadi. Gastronomiya ixlosmandlari an’anaviy milliy taomlar va mualliflik oshxonasini taqdim etuvchi restoranlarda lazzatli taomlardan bahramand bo‘lishlari mumkin. Bu yerda har tong bepoyon qum tepaliklarining sokin manzarasi va bir finjon yoqimli arab qahvasi bilan boshlanadi.

Suvosti sarguzashtlari: Qizil dengiz og‘ushiga g‘arq bo‘ling va sirlarini o‘rganing

Dengizni sevuvchilar uchun Qizil dengiz ajoyib go‘zallik dunyosini ochadi. Tiniq suv, toza marjon riflari va noyob dengiz olami bu yerni sayyoradagi eng yaxshi dayving va snorkeling joylaridan biriga aylantiradi.

Madaniy meros: YuNeSKO obektlari

Saudiya Arabistoni — boy tarixiy merosga ega mamlakat, buni YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan sakkizta obekt tasdiqlaydi:

1. Al-Hijr (Hegra) arxeologik obekti – YuNeSKOning mamlakatdagi birinchi obekti va Nabatiy tamadduni qoldiqlarini saqlab qolgan eng yirik yodgorlik.

2. Diriya shahridagi Diriya tumani — Saudiya davlatining beshigi bo‘lib, saroy xarobalari va sahro vohasi chetidagi shahar ansambli.

3. Jidda shahri — Makkaga kirish darvozasi va Hind okeani yo‘llari bo‘ylab savdo kemalari kelgan asosiy port shahridir.

4. Hail qishlog‘idagi qoyatosh rasmlari.

5. Al-Ahsa vohasi — dunyodagi eng katta voha. 

6. Qoya o‘ymakorligining katta to‘plamiga ega Hima madaniy hududi.

7. Uruk Bani Maarid — noyob cho‘l hayvonlarining o‘z tabiiy muhitiga qayta ko‘chiriladigan joy.

8. Al-Fau arxeologik zonasining madaniy landshafti — Arabiston yarimorolining qadimiy savdo yo‘llaridagi strategik muhim nuqta.

Bu maskanlarning har biri — jahon tarixida yorqin iz qoldirgan o‘tmish yodgorligidir.

Saudiya Arabistoni — bir sayohatning o‘zida cheksiz sahroliklarni zabt etish, qadimiy shaharlar bo‘ylab sayr qilish va jahon darajasidagi plyajlarda dam olish mumkin bo‘lgan mamlakat. Bu yerdagi har bir kun yangi kashfiyotlar, yorqin his-tuyg‘ular va unutilmas taassurotlarni olib keladi.

Dam olish haqidagi tasavvurlaringizni o‘zgartiradigan sayohatga tayyormisiz? Saudiya Arabistoni Sizni kutmoqda!

Telefon: +998 78 120 88 08

Sayt: sauditours.uz Instagram: www.instagram.com/saudi_tours_uz

Mavzuga oid