O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
Turkiyaning Isparta shahrida 15 davlatning 48 ta jamoasi ishtirokida merganlar bellashuvi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu musobaqada jamoa 4-marta qatnashmoqda: oldin ikki marta ikkinchi va bir marta birinchi o‘ringa sazovor bo‘lingan.

Foto: Mudofaa vazirligi
Turkiyada 5–16 may kunlari V Xalqaro «Eng ilg‘or merganlar jamoasi» musobaqasi o‘tkazildi. 15 davlatning 48 ta jamoasi ishtirokidagi bellashuvda O‘zbekiston mudofaa vazirligi jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda vazirlik.
Bahslar Turkiyaning Isparta shahridagi «Komando» tog‘-o‘quv mashqlar markazida tashkillandi. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Pokiston, Qatar, Ozarboyjon, Italiya, Birlashgan Arab Amirliklari – o‘ndan ortiq davlat, shuningdek, kuzatuvchi maqomida Turkmaniston, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya va Kuvayt ishtirok etdi. Musobaqa ishtirokchilari guruhlarga bo‘linib, 15 ga yaqin shart bo‘yicha bahs olib bordi.
Xususan, jamoalar yuqori burchak ostida o‘q otish, gazniqob taqib, jangovar o‘q otish, noaniq masofalarga noqulay istehkomdan o‘q otish, turli to‘siqlar ortidan o‘q otish, havodagi vertolyotdan o‘q otish, orolni himoya qilish va qayiqdan jangovar o‘q otish, nishonga sezdirmay yaqinlashib o‘q otish, 5 km masofadan yuk va qurol bilan yugurib kelib, sovuq stvoldan o‘q otish, tunda nomalum masofalarga o‘q otish va «syurpriz» shartlarini bajardi.
Turkiyada o‘tkaziladigan mazkur musobaqada O‘zbekiston jamoasi 4-marta ishtirok etmoqda, 2022 va 2023 yillarda 2-o‘rinni, 2024 yilda esa 1-o‘rinni egallagandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Texasda kutilmagan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi
Jahon | 17:44
-
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi
Jahon | 17:18
-
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?
O‘zbekiston | 17:00
-
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi
Jahon | 16:46
Mavzuga oid

14:55 / 03.07.2025
London va Berlin o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolaydi

23:22 / 30.06.2025
Polsha snaryad ishlab chiqarishni 5 baravarga oshiradi

14:18 / 27.06.2025
So‘rov: Nemislarning uchdan ikki qismi mudofaa xarajatlarini oshirishni qo‘llab-quvvatlayapti

18:41 / 02.06.2025