Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi
Konsepsiya 2027 yildan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan har 2 yil muddatga tasdiqlanadigan alohida «yo‘l xaritasi» asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Foto: Depositphotos
«2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2030 yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish belgilandi, jumladan:
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 3,3 mln nafar tarbiyalanuvchisida ekologik madaniyatning shakllanishi;
- umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlarining 4,2 mln nafar o‘quvchisida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi.
Qaror bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiya 2027 yildan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan har 2 yil muddatga tasdiqlanadigan alohida «yo‘l xaritasi» asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.
Mavzuga oid

10:55 / 02.07.2025
Arxitektura-qurilish universitetida ta’limning yangi shakli joriy etiladi

14:47 / 01.07.2025
So‘nggi 2,5 yilda tabiatga salkam 1 trln so‘m zarar yetkazildi

14:07 / 30.06.2025
Har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi saralanib, dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi

14:40 / 29.06.2025