Germaniya davlat budjeti 2029 yilgacha milliardlab yevroni yo‘qotadi
Germaniyaning yangi hukumati kelgusi yillarda qonunchilikdagi o‘zgarishlar tufayli milliardlab yevroni soliqlar ko‘rinishida yo‘qotadi, bu esa budjetni rejalashtirishni murakkablashtiradi, deya taxmin qilmoqda ekspertlar.

Foto: Picture Alliance
Xristian-demokratik ittifoq va Xristian-sotsial ittifoq (XDI/XSI) va Sotsial-demokratik partiya (GSDP)ning konservativ blokidan iborat yangi Germaniya hukumati kelgusi yillarda qonunchilikdagi o‘zgarishlar tufayli milliardlab yevroni soliqlar ko‘rinishida yo‘qotadi, bu esa budjetni rejalashtirishni murakkablashtiradi. Bu haqda 16 may, juma kuni AFP agentligi xabar berdi.
Germaniya Iqtisodiyot vazirligining ishchi guruhi 2029 yilga borib federal hukumatning daromadlari 2024 yil oktyabr oyida kutilganidan 33,3 milliard yevroga kam bo‘lishini taxmin qilmoqda. Butun davlat sektori, jumladan, federal daraja, yerlar va munitsipalitetlar uchun soliq tushumlarining 81,2 milliard yevroga kamayishi kutilmoqda.
Asosiy sabab — fuqarolar uchun yangi soliq imtiyozlari. Aprel oyida Germaniya Iqtisodiyot vazirligi prognoz e’lon qildi, unga ko‘ra Germaniyada iqtisodiy o‘sish 2025 yilda nolga teng va 2026 yilda 1 foizni tashkil qiladi.
«Iqtisodiy o‘sish sur’atlari orqali daromadlarni oshirishimiz kerak», dedi Germaniyaning yangi moliya vaziri, vitse-kansler Lars Klingbayl. «Bu yangi moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lishning yagona yo‘li. Shuning uchun biz hozir mamlakatimizning so‘nggi o‘n yilliklardagi eng keng ko‘lamli modernizatsiyasini boshlamoqdamiz», — deydi u. Klingbaylning qo‘shimcha qilishicha, defitsit «budjetni tayyorlashni osonlashtirmaydi». Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi bosqichda uning konsolidatsiyasi jarayoni boshlangan.
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

15:20 / 13.06.2025
Germaniya: NATOga yangi maqsadlar uchun 60 minggacha qo‘shimcha askar kerak bo‘ladi

12:15 / 13.06.2025
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman

11:33 / 13.06.2025
Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berish haqida «o‘ylamayapti»

15:14 / 12.06.2025