Jamiyat | 09:40 / 16.05.2025
2697
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi

Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya mablag‘lari ayrim mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj qilingani fosh etildi. 

​Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Farg‘ona shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limining mansabdor shaxslari tomonidan 29 nafar haqiqatda ishsiz bo‘lmagan shaxslarga 145 mln so‘mlik subsidiyalar asossiz ravishda berilganligi aniqlandi.

Subsidiya ajratish haqida murojaat qilmagan 8 nafar shaxslarga 34,2 mln so‘mlik subsidiyalar qonunga xilof ravishda ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Subsidiya olish uchun haqiqatda murojaat qilmagan fuqarolar nomiga ularning xabarisiz go‘yoki ularga subsidiya asosida 21 mln so‘mlik tikuv mashinalari berilganligi haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirilib, mahsulotlar o‘zlashtirilgan.

Oqibatda mansabdor shaxslar va boshqalar tomonidan 213 mln so‘mlik juda ko‘p miqdordagi davlat budjeti hisobidan ajratilgan subsidiya mablag‘lari talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid