Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan keyin Yevropa Ittifoqi Kiyevga yordam berish maqsadida Ukraina tovarlariga bojlarni olib tashlagandi. Endi Bryussel ularni qaytarmoqchi.

Foto: kovel media
Britaniyaning The Financial Times gazetasi 14 may, chorshanba kuni manbalarga tayanib yozishicha, Yevropa Ittifoqi bir necha hafta ichida Ukraina tovarlarining YeIga bojsiz importini bekor qiladi. Nashr manbalariga ko‘ra, Bryussel 2022 yilda Rossiya qurolli bosqinidan so‘ng Kiyev uchun erkin savdo kelishuvidan tashqari joriy qilingan imtiyozli bojsiz rejimni to‘xtatmoqchi. Ushbu rejim Ukraina tovarlarining aksariyat qismini Yevropa Ittifoqiga bojsiz olib kirishga ruxsat beradi. Rejim uch haftadan keyin, 6 iyunda tugaydi.
Polsha shunday tashabbus bilan chiqqanidan keyin Yevropa Ittifoqi Kiyev bilan maxsus savdo bitimini bekor qilishga qaror etdi va bunda o‘z dehqonlari manfaatlarini ko‘zda tutyapti. Bryussel umumiy savdo kelishuvi yangilanayotgan vaqtda o‘tish choralarini joriy qilishni rejalashtirmoqda. Diplomatlar The Financial Times'ga o‘tish bo‘yicha taklif Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun boj olinmaydigan kvotalar soni keskin qisqartirilishini va yillik bojsiz kvotani 12 oylik kvotaga bo‘lishni nazarda tutishini aytdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, o‘tish davri choralari Ukrainadan yetkazib beriladigan makkajo‘xori, shakar, asal va parranda go‘shtiga eng katta ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, makkajo‘xori uchun boj olinmaydigan kvotalar 4,7 million tonnadan 650 ming tonnagacha, parranda go‘shti uchun kvota 57,1 ming tonnadan 40 ming tonnagacha, shakar uchun esa 109 ming tonnadan 40,7 ming tonnagacha kamayadi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyati ekoturizm salohiyatini rivojlantirishda Ozarboyjonning Agalarov Development kompaniyasi hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 15:47
-
Endi radar orqali qayd etilgan qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiktirilsa, jarima qo‘llanmaydi
O‘zbekiston | 15:21
-
OAV: Xomanaiy Isroil zarbalaridan bunkerda yashirinyapti
Jahon | 15:11
-
Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi
O‘zbekiston | 14:50
Mavzuga oid

13:00
Rossiya Kiyevga dron va raketalar bilan vayronkor hujum amalga oshirdi

12:03
Zelenskiy: Vena Rossiyadan bolalarni qaytarishda vositachilik qilishi mumkin

08:58
Kiyevga dronlar hujumi: kamida 18 kishi jarohatlandi

10:25 / 15.06.2025