Putin borsa, Tramp ham boradi: Istanbulda katta uchrashuv bo‘ladimi?
Ertagayoq Putin, Zelenskiy va Tramp Istanbulda uchrashishi, agar bu sodir bo‘lsa, Ukrainadagi qirg‘inbarot tugashi mumkin. Zelenskiy borishi aniq, Tramp ham bormoqchi, Putin-chi?

Bayonotlar jangi
15 may kuni Turkiyada o‘tajak uchrashuv juda qiziq tashkil bo‘ldi. Bu uchrashuv atrofida haqiqiy bayonotlar jangini ko‘rdik. Demak, nimadan boshlandi: avvaliga Vladimir Putin 10 may kuni yarim kechasi bayonot berishi aytildi. Rossiya propagandasida «Putinning chiqishi Amerikadagi praym taymni portlatishi» aytildi. Bilasiz, Putin aynan Amerikada hamma televizor ko‘radigan vaqtda chiqish qilishni yaxshi ko‘radi.
Xullas, yarim kechasi xorijiy va mahalliy jurnalistlar Kremlda Putinning chiqishini kutdi. Bu matbuot anjumani bo‘ladi deyishgandi, lekin Peskov Putinga hech kim savol bermasligi, faqat u gapirishini aytib qoldi. Keyin Putin chiqib Ukrainaga 15 may kuni Turkiyada to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qildi.
Shu tariqa birinchi qadamni Putin tashladi. Ko‘p o‘tmay Donald Tramp telefonini oldi-da, Truth ijtimoiy tarmog‘idagi posti orqali ishga kirishdi. Ukrainadan Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashish taklifini qabul etishni talab qilaman, dedi Tramp. AQSh prezidenti nodir metallar bo‘yicha strategik kelishuv imzolanganidan keyin ilk marta Kiyevga ochiq bosim qildi. Keyin navbat Zelenskiyga keldi.
«Faqat Putinni kutaman»
Bayonotlar jangiga yakuniy nuqtani Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qo‘ydi. Ruschasiga aytganda bu chinakam «jirnyy tochka» bo‘ldi. «Payshanba kuni Istanbulda Putinni kutaman. Ko‘ramiz, Rossiya bu gal qanday bahona toparkin», dedi Zelenskiy. Bu juda kuchli chiqish bo‘ldi. Zelenskiy ochiqchasiga Putinni yakkama-yakka uchrashuvga chaqirdi.
Ukraina prezidenti keyinchalik bir necha bor chiqish qilib, Putinga bosim qildi. «Putin men bilan yakkama-yakka gaplashishga qo‘rqadi», dedi xususan. Putinga sen mendan qo‘rqasan, deyishganini shaxsan men faqat Aleksey Navalniydan eshitganman. Davlat rahbarlarini-ku qo‘yavering, hatto Amerika prezidentlari ham Putinga yurak yutib bunaqa deyolmagan.
Tramp ham boradi, agar...
Bayonotlar jangida Tramp yana bir marta ishtirok etdi. U Istanbulga borishni o‘ylayotgani haqida post yozdi. Keyinchalik Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog agar Rossiya prezidenti Putin ham boradigan bo‘lsa, Tramp ham Istanbulga uchishini aytdi.
Endi Rossiya prezidentida Turkiyaga borib, Zelenskiy bilan yakkama-yakka uchrashishdan boshqa yo‘l qolmadi. Agar bormasa, bu Putin uchun katta minus bo‘ladi. Putin Istanbulga bormasa, Tramp Yevropa Ittifoqi bilan birlashib, Rossiyaga o‘zi va’da qilgan dahshatli sanksiyalarni qo‘llashi mumkin.
Aytib qo‘yay, agar chindan Putin, Tramp va Zelenskiy Istanbulda Erdo‘g‘an mezbonligida uchrashsa, dunyoda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Nima deb o‘ylaysiz, Putin Istanbulga boradimi?
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi ish boshladi
O‘zbekiston | 14:37
-
YeI Rossiyaning Eron va Isroil o‘rtasidagi vositachiligiga qarshi
Jahon | 14:35
-
Oman Air O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 14:29
Mavzuga oid

12:57
Mers Tramp bilan suhbatdan keyin: Rossiyaga bosimni kuchaytirish kerak

08:48 / 15.06.2025
Istanbulda o‘gay otasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchrab, qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

21:33 / 14.06.2025
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

11:39 / 14.06.2025