Prezident O‘zbekistonning JST a’zosi bo‘lish jarayonini jadallashtirishni buyurdi
Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda qayd qilinishicha, ikkitomonlama muzokaralar doirasida 33 ta mamlakat bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralar olib borilib, bugungi kunga qadar 24 tasi bilan muzokaralar yakunlandi. Milliy qonunchilikni tashkilot talablariga uyg‘unlashtirish doirasida keng ko‘lamli huquqiy va institutsional islohotlar amalga oshirildi. Xususan, 13 ta qonun, 10 ta farmon va qaror, 19 ta Vazirlar Mahkamasi qarori va 10 ta idoralararo normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.
Jumladan, bojxona tartibotlari, eksport-import qoidalari hamda intellektual mulk sohasidagi mexanizmlar bosqichma-bosqich JST standartlariga moslashtirildi, davlat ulushi mavjud bo‘lgan 6 ta korxonada eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.
Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirish hamda uni sifatli va tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Unga ko‘ra, joriy yilda qolgan 9 ta mamlakat bilan ikkitomonlama muzokaralarni yakunlash, Ishchi guruhining 2 ta yig‘ilishini o‘tkazish hamda Ishchi guruhning hisobot loyihasini yakunlash orqali O‘zbekistonning JST doirasidagi majburiyatlarini to‘liq shakllantirish vazifalari aniq belgilab berildi.
Shuningdek, qonunchilikni tashkilot talablariga moslashtirish doirasida 15 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayonini jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi. Jumladan, «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida», «Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida» yangi tahrirdagi qonunlarni qabul qilishni tezlashtirish hamda bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan yaqindan va samarali hamkorlikni ta’minlash Prezident tomonidan muhim vazifa sifatida belgilab berildi.
Texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya sohalarini isloh qilish, ushbu yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish kerakligi alohida qayd etib o‘tildi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp noqonuniy migrantlarga ikki sohada ishlashga ruxsat berishni taklif qildi
Jahon | 22:28
-
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Jahon | 22:00
-
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an
Jahon | 21:41
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
Mavzuga oid

19:18 / 04.07.2025
Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga tashrifi yakunlandi

17:51 / 04.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Xonkendida Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

16:40 / 04.07.2025
Eronga qarshi harbiy harakatlar butun mintaqani urush girdobiga tortish xavfini tug‘dirdi – Shavkat Mirziyoyev

14:24 / 04.07.2025