Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi oshadi
O‘zbekiston prezidenti tomonidan "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmon imzolandi.

Foto: Kun.uz
Hujjat "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga muvofiq qabul qilingan va quyidagilarga qaratilgan:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun moliyaviy rag‘batlantirish tizimini yaratish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimini joriy etish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni bozorga chiqarish va realizatsiya qilishga ko‘maklashish;
- nogironligi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish va ularning mehnat bozoriga kirishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish;
- 2025 yil oxirigacha 80 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini ta’minlash.
Hujjat bilan shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga qabul qilinganda ham qo‘llanadi.
Shu bilan birga I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan va ularga MHTEKM miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘laydigan nodavlat yuridik shaxslarga ushbu shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida hisoblanadi, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa ijtimoiy soliq hisoblanmaydi.
2025 yil 1 iyuldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari ularning murojaatisiz proaktiv shaklda qo‘llanadi.
Shuningdek, 2025 yil 1 iyundan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga 50 mln so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilandi. Bunda:
- subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi;
- jismoniy shaxslarga hamrohlik xizmatini o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ko‘rsatishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida, 2026 yil 1 yanvardan boshlab respublikaning qolgan hududlarida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan yoki ishga joylashishiga ko‘maklashgan tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi talablarga bir vaqtda javob beradigan mehnat sharoitlari asosida 500 million so‘mgacha subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi:
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni kamida 3 oy davomida rasmiy ish bilan band qilish;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga MHTEKMning 2 baravaridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘lash;
- subsidiya bandligi ta’minlangan har bir nogironligi bo‘lgan shaxs uchun MHTEKMning 3 baravari miqdorida beriladi.
2025 yil 1 iyundan boshlab "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimida mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi, unda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ma’lumoti va mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
Elektron reyestr ma’lumotlari mas’ul davlat organlarining elektron dasturlari asosida real vaqt rejimida shakllantiriladi. "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari elektron reyestrga kiritilgan shaxslarning bandlik holatini monitoring qiladi.
Bundan tashqari, 2025 yil 1 avgustdan boshlab "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralash tizimi joriy etiladi. Bunda tashkilotlar ish o‘rinlarini zaxiralashni elektron reyestr ma’lumotlari orqali o‘zlari joylashgan hududdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy holati va imkoniyatlari hamda malaka darajasidan kelib chiqib amalga oshiradi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlagan va ularning ijtimoiylashuviga ko‘maklashgan tadbirkorlik sub’yektlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan "Inklyuziv ish beruvchi" mukofoti bilan taqdirlanadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
- 2025 yil oxirigacha nogironligi bo‘lgan shaxslarning rasmiy bandligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

16:33 / 29.05.2025
Nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

11:15 / 12.05.2025
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

14:06 / 03.05.2025