Germaniyada uch nafar ukrainalik hibsga olindi
Ular «Rossiya davlat organlarining topshirig‘i bilan» Ukrainaga portlovchi moddalar joylangan posilkalar jo‘natishni reja qilganlikda gumonlanmoqda.

Foto: Getty images
Germaniya federal prokuraturasi 9 va 10 may kunlari uch nafar Ukraina fuqarosini qo‘lga oldi. Ular Rossiya hukumatining topshirig‘iga ko‘ra, portlashlar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanmoqda, deyiladi idora press-relizida.
Vlasilav T. va Daniil B. ismli ikki ukrainalik Kyoln hamda Konstansada ushlangan. Uchinchi gumonlanuvchi (Yevgeniy T.) esa Shveytsariyaning Turgau kantonida qo‘lga tushgan.
Ayblovga ko‘ra, ushbu uch nafar qo‘lga olingan shaxs 2025 yil mart oyidan kechiktirmay, «Rossiya davlat organlarining topshirig‘i bilan harakat qilgan holda, o‘t qo‘yish va portlashlar sodir etishga tayyor ekanliklarini bildirgan». Ular bu maqsadda Germaniyadan Ukrainaga portlovchi moddalar joylangan posilkalarni jo‘natishni rejalashtirishgan. Ushbu moddalar yetkazib berish vaqtida portlashi kerak bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, yetkazib berish uchun mos yo‘nalishlarni aniqlash maqsadida, 2025 yil mart oyining oxirida Vladislav T. Kyolndan ikkita sinov posilkasini yuborgan. Ularning ichida boshqa narsalar qatori GPS-trekerlar ham bo‘lgan. Posilkalar ichidagi buyumlarni esa Daniil B. va Evgeniy T. tayyorlagan.
Mazkur ish bo‘yicha tergov davom etmoqda va u Federal jinoyat politsiyasi boshqarmasiga topshirildi.
Germaniyada portlovchi moddalarni yuborish bilan bog‘liq kamida bitta holat tergov qilinmoqda. Gap 2024 yil iyulda Leypsig aeroportidagi transport konteynerida yuz bergan yong‘in haqida ketmoqda. Unga Londondagi manzilga yuborilgan portlovchi qurilmali posilka sabab bo‘lgan edi. Tergov versiyasiga ko‘ra, posilka yonishni boshlagan vaqtda u DHL kompaniyasi yuk samolyoti bortida bo‘lishi kerak edi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi tuzildi
Jahon | 21:13
-
Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo - Xitoy» ikkinchi sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 20:36
-
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00
Mavzuga oid

13:55
Germaniya Isroil va Erondan 5 ming kishini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda

13:36
Suriyalik shifokor Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

13:00
Rossiya Kiyevga dron va raketalar bilan vayronkor hujum amalga oshirdi

12:57