Tramp Istanbuldagi muzokaralarga agar Putin ham keladigan bo‘lsa boradi - Kellog
AQSh Turkiyadagi muzokaralarga Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham kelishiga umid qilmoqda. Shunda Istanbulga Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp ham boradi, deydi Kit Kellog.

Foto: AFP/Getty Images
«Prezident Putin ham [Istanbuldagi muzokaralarga] borishiga umid qilamiz va shunda u yerga prezident Tramp ham boradi. Bu mutlaqo kutilmagan uchrashuv bo‘lishi mumkin», — deydi AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kellog.
Amerika prezidenti ma’muriyatining yana bir yuqori martabali amaldorining aytishicha, Trampning Istanbulga borish ehtimoli haqidagi bayonoti Putinga «katta bosim» o‘tkazgan.
Maxsus vakil AQSh avvalo o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori ekani, urushayotgan tomonlar shundan keyingina boshqa masalalarni muhokama qilishi lozimligini eslatib o‘tdi.
Kellogning so‘zlariga ko‘ra, urushni to‘xtatish masalalari doirasida, shuningdek, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polsha harbiylarining Dneprning g‘arbiy qismiga joylashtirilishi ham muhokama qilinadi.
Oldinroq Donald Tramp 15 may kuni Istanbulda o‘tkaziladigan Rossiya—Ukraina muzokaralariga tashrif buyurishi mumkinligini aytgandi. «Men uchib kelish haqida o‘yladim. Payshanba kuni qayerda bo‘lishimni bilmayman. Ko‘p uchrashuvlarim bor, lekin aslida uchib borish haqida o‘yladim. Agar biror narsa bo‘lishi mumkinligini tushunsam, shunday imkoniyat bor deb o‘ylayman», — degan u.
11 may kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Istanbulda RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. O‘z navbatida prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya «uzoq muddatli tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish yo‘llarini jiddiy izlashga» bel bog‘laganini ta’kidlagan. Biroq u Zelenskiyning Putinga muzokaralarda shaxsan ishtirok etish taklifiga izoh bermagan.
Mavzuga oid

13:32
“Bu avvalgi G7 emas” - Amerikaning do‘stlari Vashington bilan bojlar masalasida kelishuvga erishmoqchi

11:55
Tramp 3 yilda raketaga qarshi yangi mudofaa tizimi yaratilishini e’lon qildi

23:48 / 20.05.2025
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi

22:28 / 20.05.2025