Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
Korporatsiyaning Sankt-Peterburgdagi zavodi RITM-200N reaktor bloki uchun og‘irligi 205 tonna bo‘lgan birinchi quymani quydi.

Foto: Rosatom
«Rosatom» O‘zbekistonda Rossiya loyihasi bo‘yicha qurilayotgan kichik atom elektr stansiyasining (AES) birinchi bloki uchun reaktor uskunalarini ishlab chiqarishni boshladi.
«Bugungi kunda «Rosatom» O‘zbekistondagi kamquvvatli atom elektr stansiyasining birinchi bloki uchun reaktor uskunalarini ishlab chiqarishni boshladi», deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, korporatsiyaning Sankt-Peterburgdagi zavodi RITM-200N reaktor bloki uchun og‘irligi 205 tonna bo‘lgan birinchi quymani quygan.
«Po‘lat quyish - bu yadro reaktorini yaratish jarayonining boshlanishi», deb qo‘shimcha qildi «Rosatom».
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2024 yil 27 mayda imzolangan shartnoma asosida, Jizzax tumanida umumiy quvvati 330 MW bo‘lgan, har biri 55 MW quvvatga ega 6 ta reaktordan iborat kamquvvatli AES qurilishi ko‘zda tutilgan.
Stansiya asosini hozirgacha muzyorar kemalarda qo‘llab kelingan RITM-200 suv-suvli yadro reaktorlarining quruqlikda ishlashga moslashtirilgan RITM-200N versiyasi tashkil etadi. Ammo hozirgacha bu texnologiya quruqlikda ishlatilmagan. Loyiha qiymati 2 mlrd dollardan oshmasligi, xarajatlar asosan tashqi qarzlar hisobiga bo‘lishi ma’lum qilingan.
«O‘zatom» o‘tgan yilgi bayonotida AES birinchi reaktorini ishga tushirish 5 yildan keyinga rejalashtirilganini bildirgandi.
Shu yil aprel oyida Jizzax tumanida RITM-200N reaktoriga ega kamquvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi uchun qurilish-montaj bazasi, binolari qurilishi boshlandi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Quyoshda qolgan ichimliklar gormonal buzilish va boshqa xavfli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin
Sog‘lom hayot | 13:02
-
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
O‘zbekiston | 12:29
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
Mavzuga oid

07:44
Peskov: Kiyev bilan munosabatlar - Moskva «vazifalari» bajarilganidan keyin

07:37
Ekspert: Rossiya harbiy xarajatlari SSSR darajasiga yaqinlashdi

07:24
Avstriya Rossiya tufayli betaraflikdan voz kechishni muhokama qilishi mumkin

23:26 / 28.07.2025