Xitoy O‘zbekiston bilan avtoehtiyot qismlar ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi
Mamlakatning Xitoydagi elchixonasida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA
Tadbirda Xitoyning savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, ta’lim, qurilish va boshqa sohalarda faoliyat olib boruvchi 100 yaqin kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Taqdimot davomida O‘zbekiston hududlarining iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, jumladan, erkin iqtisodiy va sanoat zonalari, ulardagi mavjud soliq, bojxona va boshqa turdagi imtiyozlar hamda yangi istiqbolli investitsiyaviy loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida mamlakatning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatini namoyish etuvchi videoroliklar namoyish etildi. Xitoy kompaniya vakillari bilan B2B va G2B formatida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.
"O‘zbekiston elchixonasida tashkil etilgan iqtisodiy tadbirda ishtirok etganimdan xursandman. Kompaniyamiz avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, mexanik ishlov berish xizmatlarimiz ham mavjud. Mexanik ishlov berish to‘g‘ridan to‘g‘ri yakuniy mahsulot ko‘rinishida ishlab chiqarish va mijozlarga jo‘natish imkonini beradi. Kelgusida O‘zbekiston bilan avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo‘nalishida hamkorlik qilishni rejalashtiryapmiz", dedi Xenan avtomobilsozlik kompaniyasi bosh direktori Van Pin.
Mavzuga oid

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

09:39 / 14.05.2025
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi

23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi

20:52 / 13.05.2025