Lisenziyasiz xorijga ishga jo‘natayotganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda - Migratsiya agentligi
Agentlik tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida “WORLDVISA” MChJ, “Everyone Consult” MChJ va “Adworld Group” MChJ o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi e’lonlari orqali yurtdoshlarni xorijga ishga yuborish xizmatlarini ko‘rsatayotganliklari, fuqarolardan pul yig‘ib, xizmat ko‘rsatmaganlik holatlari aniqlangan.

Ushbu jamiyatlarga nisbatan huquqbuzarliklar yuzasidan tegishli jarimalar qo‘llandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 apreldagi 252-sonli qaroriga muvofiq, fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish faoliyati bilan Migratsiya agentligi shug‘ullanadi.
Shuningdek, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, mazkur faoliyatni litsenziya asosida amalga oshirish huquqi faqat Migratsiya agentligi tomonidan litsenziya olgan xususiy bandlik agentliklariga berilgan.
Biroq so‘nggi paytlarda litsenziyaga ega bo‘lmagan holda, fuqarolarni xorijga ishga joylashtirishni va’da qilib, konsalting yoki axborot xizmati niqobi ostida noqonuniy faoliyat yurituvchi shaxslar ko‘paymoqda.
MIGRATsIYa AGeNTLIGI OGOHLANTIRADI:
Lisenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlar orqali xorijda ishga joylashishga urinish fuqarolarning moliyaviy va huquqiy xavf-xatarga duchor bo‘lishiga olib keladi.
Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda:
▪️ Rasmiy ro‘yxatdagi agentliklar bilan hamkorlik qiling.
▪️ Har qanday shartnomani imzolashdan oldin uni sinchiklab o‘qib chiqing.
▪️Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang.
Sizning huquqlaringiz va xavfsizligingizni ta’minlash – Migratsiya agentligining ustuvor vazifasidir.
Qo‘shimcha ma’lumot: Telegram
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Eronda rejim o‘zgarishi mumkinligini istisno etmadi
Jahon | 08:41
-
Erdo‘g‘an: Netanyahuning G‘azodagi genotsiddan e’tiborni chalg‘itishiga yo‘l qo‘yish kerak emas
Jahon | 08:17
-
Xitoy AQShning Eron yadro inshootlariga zarbalarini qoraladi
Jahon | 07:40
-
Turkiya: AQShning Eron yadro inshootlariga aviazarbasi Yaqin Sharqda tartibsizlikka olib keladi
Jahon | 07:23
Mavzuga oid

11:09 / 14.06.2025
Yaponiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi

18:09 / 13.05.2025
Deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish tartibi belgilandi

16:34 / 15.04.2025