Farg‘onada Singapur ishtirokida muqobil energiya manbalari joriy etiladi
Farg‘ona viloyati hokimligida Singapurning Watchman Group Pte., Ltd kompaniyasining O‘zbekistondagi ijrochi direktori Jyemis Xiani bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA
Viloyat hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda hududdagi ijtimoiy soha obektlariga muqobil energiya manbalarini joriy etish loyihasining amaliy bosqichiga o‘tish masalasi muhokama qilindi.
May oyi yakuniga qadar tanlab olingan dastlabki obektlarda namunaviy tarzda loyiha ishlari amalga oshirilishi ma’lum qilindi. Ikki tomonlama manfaatli loyihaning iqtisodiy ahamiyati yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot davomida, shuningdek, Watchman Group Pte., Ltd kompaniyasi ishtirokida Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, investorlarni keng jalb etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.
Takliflar doirasida hamkorlikni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari kelishib olindi.
Mavzuga oid

10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi

12:51 / 17.04.2025
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi

21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi

08:07 / 10.04.2025