Erdo‘g‘an Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi bo‘yicha «burilish nuqtasi» haqida e’lon qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda «burilish nuqtasi» haqida e’lon qildi va Istanbulda yangi maslahatlashuvlarga mezbonlik qilishni taklif qildi. Shu bilan birga, Rossiya allaqachon harbiy harakatlarni qayta boshlagan.

Foto: Remo Casilli/REUTERS
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda «tarixiy burilish nuqtasi»ga erishilganini aytdi. Turkiya prezidenti bu so‘zlarni 11 may, yakshanba kuni fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqotida aytdi.
«Erdo‘g‘an Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni tugatish yo‘lida tarixiy burilish nuqtasiga erishilganini, bu imkoniyatdan foydalanish kerakligini va Turkiya o‘t ochishni to‘xtatish, mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun muzokaralar tashkil qilish bilan birga hissa qo‘shishga tayyor ekanligini aytdi», — deyiladi Turkiya prezidenti devonining ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.
Keyinroq Erdo‘g‘an Vladimir Putin bilan ham telefon orqali gaplashgani ma’lum bo‘ldi. Turkiya rahbari Rossiya prezidentining Istanbulda Ukraina bilan muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligi haqidagi bayonotini olqishladi. «Turkiya yakuniy yechimga olib keladigan muzokaralar olib borishga tayyor», deyiladi bayonotda. «O‘t ochishni to‘xtatish tinchlik muzokaralari uchun zarur muhitni yaratadi», dedi Erdo‘g‘an.
Rossiya rasmiylari Putinning Erdo‘g‘an bilan muzokaralarini tasdiqladi. «Turkiya tomoni barqaror tinchlikka erishishga qaratilgan muzokaralarni tashkil etish va o‘tkazishda har tomonlama yordam beradi», — deyiladi Kreml bayonotida.
Mavzuga oid

14:39
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

13:12
OAV Ukrainada 109 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

23:03 / 23.05.2025
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov

21:14 / 23.05.2025