Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
Yevropa davlatlari qazib olinadigan yoqilg‘isiz transport vositalari uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani tayyorlashga shoshilmoqda. Shvetsiya bu borada kashshof bo‘ladi.

Foto: WSP/Trafikverket
Shvetsiyada, ehtimol, 2045 yilga borib, uzunligi uch ming kilometr bo‘lgan dunyodagi birinchi elektr avtomobil yo‘li paydo bo‘ladi. Bunday yo‘lda elektromobillar harakatlanish paytida quvvat olishi mumkin.
O‘tgan oy Yevropa Ittifoqi 2035 yildan boshlab sotiladigan barcha yangi avtomobillarda zararli chiqindilar nol darajada bo‘lishini talab qiluvchi qonunni qabul qildi. Endi Yevropa davlatlari qazib olinadigan yoqilg‘isiz transport vositalari uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani tayyorlashga shoshilmoqda.
Shvetsiya o‘z avtomobil yo‘llaridan birini elektrlashtirilgan avtomobil yo‘liga aylantirmoqda va bu dunyoda birinchi bo‘lib. Bunday yo‘lda avtomobillar va yuk mashinalari harakatlanish paytida quvvat olishi mumkin.
Mutaxassislarning tushuntirishicha, bunday dinamik quvvatlantirish kichikroq batareyalar bilan uzoq masofani bosib o‘tish imkonini beradi va haydovchilar quvvatlovchi stansiyalarda vaqtni behuda sarflamaydi.
Shvetsiya elektrlashtirilgan yo‘llar sohasida kashshofga aylandi, u allaqachon bir nechta pilot loyihalarni, jumladan, dunyodagi birinchi vaqtinchalik elektr yo‘lini ishga tushirgan.
Loyihani 2025 yilga qadar yakunlash rejalashtirilgan. Hozircha avtomobilni quvvatlash turi aniqlanmagan. Bugungi kunda ularning uchta turi bor: kontakt tizimi, induktiv va konduktiv tizim.
Kontakt faqat og‘ir transport vositalari uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu tizimda avtobus yoki tramvayning maxsus turini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun havo simlaridan foydalaniladi.
Konduktiv tizim smartfonlarni quvvatlantirish paneli kabi ishlaydi. Bunda elektromobil maxsus maydonchaga kirganida simsiz quvvatlanadi.
Induktiv tizimda yo‘l ostida joylashgan maxsus jihozlardan foydalaniladi. Elektr quvvati mis katushka va boshqaruv modulidan elektromobillarga uzatadi.
Mavzuga oid

00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi

22:46 / 03.05.2025
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi

22:40 / 17.04.2025
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi

14:55 / 16.04.2025