Rossiya va Xitoy strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bayonotni imzoladi
Putin va Si Kremlda muzokara o‘tkazdi. Tomonlar strategik hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi bayonotni imzoladilar.

Foto: AP
Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda 8 may, payshanba kuni Kreml matbuot xizmati xabar qildi. Si Jinping Rossiya Federatsiyasiga Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar munosabati bilan tashrif buyurdi. Bu uning Rossiyaga o‘n birinchi safaridir.
Muzokaralar yakunida Putin va Si Jinping Rossiya va Xitoyning «yangi davrda keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida»gi qo‘shma bayonotini imzoladilar», deyiladi Kreml xabarida. Bundan tashqari, ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo hujjatlar paketi imzolandi.
«Bugungi muzokaralarda siyosat va xavfsizlik sohalaridagi o‘zaro hamkorlik, iqtisodiy aloqalar, madaniy-gumanitar almashinuvlar atroflicha muhokama qilindi», — dedi Putin. Uning so‘zlariga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarishi, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoati sohalarida umumiy qiymati taxminan 200 milliard dollar (176 milliard yevro) bo‘lgan 90 ga yaqin ikki tomonlama loyihalar amalga oshirilmoqda yoki amalga oshirishga tayyorlanmoqda. Moskva va Pekin hisob-kitoblarni milliy valutalarga o‘tkazish bo‘yicha qadamlarni muvofiqlashtirmoqda.
Mavzuga oid

09:39 / 14.05.2025
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi

23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi

20:52 / 13.05.2025
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

18:45 / 13.05.2025