G‘alaba bog‘ida “Xotira nuri” texnologik yodgorlik majmuasi ochildi

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agetligi
O‘zbekistonda ilk bor tarixiy xotira nafaqat monument obida orqali, balki raqamli shaklda ham abadiylashtirilmoqda, deya xabar berdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Ma’lum qilinishicha, o‘z raqamli platformasiga ega “Xotira nuri” kitobi Ikkinchi jahon urushi faxriylari xaqidagi ma’lumotlarga keng ommaviy kirish imkonini yaratadi.
“Xotira nuri” kitobi – bu yosh ijodkorlar, O‘zbek tili va adabiyoti instituti talabalarining qalamiga mansub qahramonlik hikoyalari to‘plamidir. Kitob avlodlar davomiyligini ifodalaydi. Unda O‘zbekistonning har bir hududidan bittadan bo‘lib, jami 14 nafar faxriyning tarjimai holi va arxiv fotosuratlari jamlangan. Loyiha keyingi yil davomida barcha tirik faxriylarni qamrab olib, ularning hayotiy yo‘llarini “xotira kitobi”ga kiritish, milliy qahramonlik arxivi yaratishni rejalashtirgan.
“Xotira nuri” majmuasi – bu G‘alaba bog‘i hududida joylashgan yodgorlik makoni bo‘lib, u gulli daraxtlar, butalar va yorqin gulzorlar bilan o‘ralgan. Bu joyda xotira, hurmat va minnatdorchilik tuyg‘ulari aks etgan o‘ziga xos muhit yaratilgan. Majmuaning markazida joylashgan yodgorlik ochiq sahifadek yasalgan kitob shaklida bo‘lib, u abadiy meros va hayotini Vatan uchun fido qilganlar xotirasini ifodalaydi. Yashil hudud uch tomondan yodgorlik tomon olib boruvchi sayr yo‘laklari bilan bezatilgan. Monument maketi ustida mamlakatimizning yetakchi haykaltaroshlari hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi talabalari ishladi.
Raqamli platforma – bu faxriylar haqidagi foto, video va audio materiallardan iborat arxiv bazasidir. U “xotira kitobi”da keltirilgan hikoyalarni boyitadi. Zamonaviy texnologiyalar orqali ilk bor O‘zbekistonda ochiq osmon ostida raqamli muzey yaratilmoqda. Har bir tashrif buyuruvchi markaziy monumentga o‘rnatilgan interaktiv QR-kod orqali bu boy xotiralarni tinglashi, ko‘rishi va his qilishi mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

14:22 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?

21:19 / 03.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?

19:39 / 08.05.2023
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etadi

22:14 / 05.05.2023