Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi
Karlo Anchelotti la liganing so‘nggi turidan keyin «Real» boshqaruvini tark etadi va katta ehtimol bilan Braziliya milliy jamoasi boshqaruviga boradi.

Foto: Gettyimages.ru/Stuart Franklin
Ispaniyalik mutaxassis Habi Alonso mavsum yakunida Germaniyaning «Bayer» klubidan ketishini e’lon qildi.
«Klub bilan bu ikki o‘yin men uchun oxirgisi bo‘lishi haqida kelishib oldik. Ishonamizki, ketish vaqti keldi va bugun buni e’lon qilish uchun eng yaxshi vaqt.
Keyingi klub? Hozircha bu haqda gapirishning mavridi emas, chunki biz yakshanba kuni yaxshilab xayrlashmoqchimiz», – dedi u matbuot anjumanida.
«Bayer» rasmiy saytida ham u ketayotgani e’lon qilingan, klub bosh direktori Fernando Karro Habi Alonso boshqaruvi davrida klub futbol olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lganini e’tirof etgan.
Uning keyingi manzili «Real»
Habi savolga javob berishdan qochgan bo‘lsa-da, uning keyingi klubi nomi ma’lum – «Real».
Marca nashri yozishicha, Alonso 2028 yil yoziga qadar amal qiluvchi uch yillik shartnoma imzolaydi. Habi bilan uning shtabi a’zolari – assistent Sebastyan Parrilya va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Alberto Ensinas ham Ispaniya poytaxtiga ko‘chib o‘tadi. Alonsoning shartnomasi muddati 2026 yil yoziga qadar bo‘lgani uchun «Bayer»ga tovon puli to‘lanadi.
Shu bilan birga, Marca Habi «Real»ni klublar o‘rtasidagi JCh vaqtida boshqarmasligini aytib o‘tgan. Katta ehtimol bilan, turnirga tayyorgarlik uchun yetarli vaqt bo‘lmasligi sababli – turnir Millatlar Ligasi o‘yinlaridan atigi bir hafta o‘tib boshlanadi. Murabbiy to‘laqonli dam olish va ishni iyuldan boshlash maqsadga muvofiq deb topgan. Oldinroq Caden SER radiosi Alonso baribir madridliklar klubi bosh murabbiyi sifatida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga borishini xabar qilgandi.
Karlo Anchelotti «Real»ni La Liganing so‘nggi turidan keyin tark etadi – so‘nggi tur o‘yinlari 25 mayga belgilangan. Katta ehtimol bilan, italiyalik mutaxassis Braziliya milliy jamoasi boshqaruviga boradi, ammo bu masala oxirigacha hal qilinmagan. Shu bilan birga, Karlo ham «Real»ni AQShda o‘tadigan klublar o‘rtasidagi JChda boshqarmaydi. Katta ehtimol bilan, bu vazifa Santyago Solariga topshiriladi, u jamoani 2018/19 yillar mavsumida ham boshqargandi, hozir esa klub texnik direktori lavozimida ishlamoqda.

Habi Alonso – endi «Bayer»ning ham afsonasi
Habi Alonsoning ajoyib xususiyati bor. U o‘zi o‘ynagan barcha klublarning muxlislari tomonidan klub afsonasi deb ataladi: «Real Sosedad»da ham, «Liverpul»da ham, «Real Madrid»da ham va «Bavariya»da ham bask haqida faqat iliq xotiralar qolgan. Endi bu ro‘yxatga Leverkuzenning «Bayer» klubi ham qo‘shiladi.
Bunga yetarlicha sabab bor: Alonso kelganida jamoa bundesligani tark etish yoqasiga kelib qolgandi, murabbiy esa klubdagi ikkinchi mavsumidayoq tarix yozdi. Uning boshqaruvidagi jamoa mavsum davomida barcha turnirlar doirasida faqat bir bor mag‘lub bo‘ldi, Germaniyada uzoq kutilgan ilk chempionlikka erishdi, Germaniya kubogidagi g‘alabadan keyin oltin dubl qayd etildi, Yevropa ligasi finaliga chiqildi, keyin esa Germaniya Superkubogi uchun o‘yinda ham qatnashdi. Bu 1993 yildan buyon hech qanday sovrin yutmagan leverkuzenliklar tarixidagi eng yorqin mavsum bo‘ldi.
Alonso ketadi, «Bayer»da esa to‘liq qayta qurish jarayoni boshlanadi. Katta ehtimol bilan, yozda klubni bosh murabbiydan tashqari, ushbu tarkibning asosiy yetakchilari ham tark etadi: Florian Virts, Jonatan Ta, Granit Chaka, Jyeremi Frimpong va boshqalar. Alonsoning o‘rnini kim egallashi hozircha noma’lum, ammo, klub aftidan ispan vektorini saqlab qolmoqchi: nomzodlar qatorida Xavi, Alvaro Arbeloa va Raul nomlari keltirilmoqda.
«Bayer» kelajakka tayyor. Klubdagi o‘sish davom etadi va men buni qiziqish bilan kuzatib boraman», – deya tan oldi Alonso.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tokioda besh nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
Jahon | 11:21
-
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisi eng yirik AI markazi
Jahon | 11:02
-
O‘zbekistonda har bir OTM o‘z brendini shakllantiradi
O‘zbekiston | 10:53
-
Ukraina fuqarosi Kir Starmerning uyiga o‘t qo‘yishda ayblanmoqda
Jahon | 10:51
Mavzuga oid

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

19:27 / 26.04.2025