Samarqanddagi «zapravka»da portlash va yong‘in ro‘y berdi. Qurbonlar bor
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi AYoQShda yoqilg‘i quyish vaqtida «chaqnash» va uning ortidan yong‘in ro‘y berib, ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi jarohatlangan.

Foto: Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi axborot xizmati
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 7 may kuni soat 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani «Qo‘shtepa» MFYda joylashgan «Yigitali» MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in AYoQSh hovlisining yer usti qismida joylashgan, hajmi 10 metr kub bo‘lgan ikkita yoqilg‘i saqlovchi sig‘imga (solyarka) «Zil» rusumli avtomashinadan yoqilg‘i quyish vaqtida kelib chiqqan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «chaqnash» natijasida 2 kishi vafot etgan. Yana 1 fuqaro tan jarohati bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Avvalroq Andijondagi zapravkada avtomobil gaz balloni portlab ketishi oqibatida ikki kishi jarohat olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, To‘rtko‘l tumanida ham yuk mashinasi bakining portlashi oqibatida ikki kishi jarohat olgan edi.
Mavzuga oid

22:45 / 28.05.2025
«Afrosiyob» tezyurar poyezdining manyovr lokomotivida yong‘in chiqdi

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025