“GES qurish maqsadida kanalga ortiqcha suv tashlangan” – Buloqboshidagi texnogen hodisa sababi aytildi
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, Buloqboshi tumanida sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida hududdagi 560 ta xonadonni suv bosgan. FVV esa hodisa oqibatida 30 ta xonadonning ichiga, 70 ta xonadonning esa tomorqasiga suv kirganini bildirdi.

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida sodir bo‘lgan suv toshqiniga Janubiy Farg‘ona kanaliga me’yoridan ortiq suv tashlanishi sabab bo‘lgan. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, xavfli gidrologik hodisaning kelib chiqishiga Janubiy Farg‘ona kanaliga GES qurilishi sababli ortiqcha suv tashlangan. Suv sarfi taxminan 15 metr kub/sekundni tashkil etgan. Hodisa talafotlari o‘rganilganida jami 560 ta xonadonni suv bosgani aniqlangan.
FVV esa hodisa oqibatida 30 ta xonadonning ichiga, 70 ta xonadonning esa tomorqasiga suv kirganini bildirdi.
“Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlarning texnikalari yordamida suv oqimini pasaytirish va kirgan suvlarni chiqarib tashlash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi vazirlik ma’lumotida.
Oldinroq tumanning kanalga tutash hududlarida yashovchi aholi evakuatsiya qilinayotgani aytilgandi. Hozirda suv sizib chiqishining oldini olish ishlari davom etmoqda. Hodisani bartaraf qilish uchun 40 ga yaqin texnika jalb qilingan.
Mavzuga oid

21:33 / 10.05.2025
Andijondagi toshqin, oliy ta’limdagi o‘zgarishlar va do‘xtirlarga $1500 oylik - hafta dayjesti

16:59 / 09.05.2025
“Suv toshishi 24 aprelda boshlangandi” - Buloqboshidan reportaj

22:49 / 08.05.2025
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov

21:25 / 08.05.2025