Jahon | 08:50 / 03.05.2025
3879
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha ishlarni yakunladi

Vashington Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar, jumladan, bank va energetika choralari bo‘yicha ishlarni yakunladi, deb xabar berdi Reuters.

Foto: REUTERS

Vashington Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalarni, jumladan, bank va energetika choralarini ishlab chiqishni yakunladi, bu esa Moskvani AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaning Ukrainadagi urushini hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qabul qilishga majburlashga qaratilgan. Bu haqda 2 may, juma kuni Reuters agentligi uch nafar amerikalik rasmiy va boshqa manbaga tayanib xabar berdi.

Cheklovlar Rossiyaning energetika kompaniyasi "Gazprom" hamda Rossiyaning tabiiy resurslari va bank sektoridagi yirik o‘yinchilarni nishonga olishi mumkin, dedi AQSh ma’muriyati rasmiysi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi bosqichda Oq uyda AQSh Milliy xavfsizlik kengashi (MXK) darajasida tasdiqlash ishlari olib borilmoqda. Paket Tramp tomonidan imzolanishi kerak. Biroq, u bu choralarni ma’qullaydimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

«Prezident boshidanoq to‘liq va keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatishga erishish bo‘yicha o‘z majburiyatini aniq aytdi», dedi MXK matbuot kotibi Jyeyms Xyuitt. «Biz davom etayotgan muzokaralar tafsilotlariga izoh bermaymiz», — deya qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga oid