Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
AQShning Toshkentdagi elchixonasida mamlakat mustaqilligining 249 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va bosh vazir Abdulla Aripov ham qatnashdi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 2 may kuni AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali qabul marosimida ishtirok etdi.
«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik aloqalari bundan buyon ham o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlar asosida mustahkamlanishiga ishonaman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik mamlakat mustaqilligining 249 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga to‘planganlarni qutladi.
«Davlatlar insonlar singari qo‘shni tanlay olmaydi, ammo yo‘lga chiqish uchun yo‘ldoshlarni tanlashi mumkin. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston bilan shunday yo‘ldosh bo‘lishni tanlamoqda. Biz xavfsizlik, suverenitet va farovonlik – hamkorlik va anglashuv orqali birgalikda barpo etilgani ma’qul, deb hisoblaymiz», — deydi elchi o‘z nutqida.
Avvalroq Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

22:54 / 30.05.2025
AQSh Oliy sudi Trampga Baydenning migratsiya dasturini bekor qilishga ruxsat berdi

19:04 / 30.05.2025
Reuters: AQSh bojlari sabab dunyo kompaniyalari ko‘rgan zarar 34 mlrd dollardan oshdi

18:22 / 30.05.2025
Ukrainaning tinchlik memorandumi mazmuni ma’lum bo‘ldi

16:07 / 30.05.2025