Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Oltin konini portlatmoqchi edim” – Xatirchida fuqaro uyida portlovchi qurilma saqlab kelgani aniqlandi
44 yoshli erkak internet tarmog‘ini ko‘rish orqali qo‘lbola usulda 3 ta portlovchi qurilma yasagan hamda ularni o‘z uyidagi sandiqda saqlab kelgan. Qurilmalar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida topilgan. Erkak sudda portlovchi qurilmalar orqali tashlandiq oltin konini portlatmoqchi bo‘lganini, ammo ularni ishlatmaganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
Xatirchi tumanida portlatish qurilmasini yasagan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Hukmda keltirilishicha, 2025 yil 14 yanvar kuni Xatirchi tumani IIB hamda DXX xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Unda tumanning Baxshijar mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan Sh.N. o‘z uyidagi sandiqda qo‘lbola usulda yasalgan 3 dona portlovchi qurilmani saqlab kelayotgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Sh.N. ushbu portlovchi qurilmalarni 2024 yilning mart oylarida internetda ko‘rish orqali yasagan. IIV EKBMning 2025 yil 20 yanvardagi portlash texnikasi ekspertiza xulosasiga ko‘ra, topilgan qurilmalar “elektr cho‘lg‘amlik portlatish qurilmalari” bo‘lgan.
Sh.N. sudda portlovchi qurilmalarni oltin konini portlatish maqsadida yasaganini bildirgan.
“2024 yil mart oylarida tarkibida oltin zarralari bo‘lish mumkin bo‘lgan toshlarni qazib olish maqsadida Oltinsoy qishlog‘ining dasht hududidagi konga borib turardim. Toshlarni qazib olish juda qiyin edi. Shunda konlarda toshlarni maydalash uchun portlovchi moddalardan foydalanilishi haqida eshitdim.
So‘ngra internet tarmog‘idan qo‘lbola usulda portlovchi modda tayyorlash usulini ko‘rib o‘rgandim. Uyimda ancha yillardan qolib ketgan porox, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan o‘g‘it va 3 dona elektr kabelidan foydalanib, ularni skotch yordamida birlashtirgan holda portlovchi qurilma yasadim. Lekin uni biror marotaba ham ishlatmadim. Chunki shundan keyin biror marotaba konga bormadim. Toshkent shahriga ketib, qurilishlarda ishlab yurdim. Qurilmalarni esa uydagi sandiqqa solib qo‘ydim”, degan erkak o‘z ko‘rsatmasida.
Shuningdek, Sh.N. portlovchi qurilmalarni yasashda unga hech kim yordamlashmaganini ma’lum qilgan hamda suddan yengillik so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining 2025 yil 9 apreldagi hukmiga ko‘ra, Sh.N. Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Iqtisodni xalq salomatligidan ustun qo‘yishmasin” – zaharlanayotgan navoiyliklar haqida suhbat
Jamiyat | 16:21
-
Hafta davomida harorat o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:15
-
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:13
-
Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston | 15:15
Mavzuga oid

15:31 / 20.06.2025
Prezident Kitobdagi oltin konini auksion asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha topshiriq berdi

11:15 / 28.12.2024
Konlardagi portlatishni kuzatish, pulli asosda o‘q otish va davlat tashkilotlari binolariga tashrif – O‘zbekistonda turizmning yangi yo‘nalishlari tayyorlanmoqda

18:37 / 26.12.2024
Xatirchida poyga o‘ynab, 9 yoshli qizni bosib ketgan haydovchilarga hukm o‘qildi

18:45 / 15.07.2024