Qirg‘iziston Rossiyadan S-300 zenit-raketa komplekslarini oldi
Qurollar Qo‘shma mintaqaviy havo mudofaa tizimi doirasida respublikada joylashtiriladi.

Qirg‘iziston Rossiyadan S-300 havo mudofaa komplekslarini oldi. Bu haqda respublika Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imonqulov «Izvestiya» nashriga ma’lum qildi.
«Bizda havo hujumidan qo‘shma mudofaa tizimi ishlamoqda. Hozir biz ushbu tizimning elementlarini oldik. S-300 allaqachon Qirg‘iziston hududida», dedi Imonqulov.
Xabarda Rossiya Qirg‘izistonga qancha tizim jo‘natgani aytilmagan.
S-300 havo mudofaa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv 2021 yilda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Moskvaga tashrifi chog‘ida erishilgan edi. 2023 yil noyabr oyida Qirg‘iziston bilan qo‘shma mintaqaviy havo mudofaa tizimini yaratish bo‘yicha kelishuv kuchga kirdi. Hujjatga ko‘ra, Rossiya birlashgan havo mudofaa tizimi qo‘shinlarining kollektiv xavfsizlik zonasida harakatlarini muvofiqlashtiradi, Qirg‘iziston esa bu harakatlarni boshqaradi. Qirg‘iziston hukumati qo‘shin va texnikani joylashtirish uchun Bishkekdan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Rossiyaning Kant harbiy bazasi yonidan 5 gektar maydon ajratdi.
Imonqulov, shuningdek, Bishkek Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) doirasida Moskva bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlashda davom etayotganini qayd etdi. Qirg‘iziston ko‘p vektorli siyosat yuritadi, NATO bilan ham hamkorlik qiladi, biroq mintaqa xavfsizligini ta’minlashda asosiy rol KXShTga tegishli, dedi respublika Xavfsizlik kengashi kotibi.
Mavzuga oid

12:36
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj

11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

16:53 / 23.05.2025