«Bu ishonch masalasi emas»: Rubio Ukraina kelishuvi nimaga asoslanishi kerakligini tushuntirdi
Rubio: Ukraina kelishuvi kafolatlar va tekshirish mexanizmlariga asoslanishi kerak.

Foto: Jacquelyn Martin/Pool/Reuters
AQSh davlat kotibi Marko Rubio NBC News telekanaliga bergan intervyusida Ukrainada tinchlik kelishuvi puxta o‘ylangan tekshirish mexanizmlari va o‘zaro kafolatlarga asoslanishi kerakligini aytdi.
Diplomat fikricha, tinchlik kelishuvlari ishonchga emas, balki faktlar, harakatlar va voqeliklarga asoslanishi kerak.
«Bu ishonch masalasi emas. Bu tekshirish, xavfsizlik va kafolatlar kabi o‘tmishda muhokama qilingan narsalarni yaratish masalasi», — dedi Rubio.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida maslahatlashuvlar chog‘ida aynan shu masalalar muhokama qilinmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp so‘nggi kunlarda birinchi marta rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni Ukrainadagi mojaroga barham berishni istamaganlikda aybladi. U Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi. Bu Amerika yetakchisining Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvidan so‘ng darhol sodir bo‘ldi. Shu bilan birga, Putin Kiyev bilan hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga tayyor ekanini ta’kidladi.
Avvalroq Tramp Estoniya prezidentiga Ukraina bo‘yicha qaror qabul qilish yaqinlashayotganini aytgandi.
Mavzuga oid

21:20 / 22.05.2025
Konstantinovka uchun jang: nega aynan shu shahar rossiyaliklarning asosiy nishoni bo‘lishi mumkin?

20:36 / 22.05.2025
Rossiya qo‘shinlari bufer zona yaratish muammosini hal qilmoqda – Putin

18:56 / 22.05.2025
Ukraina ikki kun ichida Rossiya bo‘ylab 500 ga yaqin dron uchirdi

16:20 / 22.05.2025