Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin
RF Ta’lim vazirligi migrantlarning bolalarini bog‘chaga qabul qilishda ularda infeksion kasallik yo‘qligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma talab qilish taklifini ilgari surdi. Hozirda faqat tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma so‘raladi.

Foto: Global Look Press
Rossiya Ta’lim vazirligi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini bog‘chalarga qabul qilishda ularda infeksion kasalliklar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma ham taqdim etish talab qilinadigan qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Bunday hujjatlar ro‘yxati hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Ayni vaqtda ular qatoridan sil, zaxm, OIV va moxov kasalliklari o‘rin olgan.
«Mazkur o‘zgarishlar maktabgacha ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi bog‘chalarda tarbiyalanuvchilar uchun epidemiologik jihatdan xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini qabul qilish tartibini izchil yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi», — loyihaga ilova qilingan izoh xatida.
Bundan tashqari, bolaning shaxsini tasdiqlovchi, uning Rossiyada bo‘lib turishi qonuniy ekani va ariza beruvchining bola bilan qarindoshligini isbotlovchi hujjatlarning nusxalari ham talab etiladi. Shuningdek, ota-onaning ish joyi va shaxsiy sug‘urta hisobraqami olganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini ham taqdim etish kerak bo‘ladi.
Hujjatlar rus tilida yoki rus tiliga tasdiqlangan tarjimasi bilan birga bo‘lishi kerak. Agar hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa, ta’lim tashkiloti arizani ko‘rib chiqmasdan qaytaradi.
Ta’lim vazirligi taklif etayotgan yangilik qabul qilinsa, u 2026 yil 28 iyunga qadar amalda bo‘ladi. Hozirda bolani bog‘chaga qabul qilishda shifokor ko‘rigidan o‘tganlik to‘g‘risidagi va umumiy tahlillarga oid ma’lumotnoma so‘raladi.
2024 yil mart oyida «Krokus Siti Xoll»da yuz bergan teraktdan keyin Rossiyada migrantlarning huquqlarini cheklash kuchaydi. Xususan, Rossiyada migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga oid yangi maxsus rejim qabul qilindi, 2025 yil 1 apreldan boshlab esa Rossiya maktablariga rus tilini bilmaydigan chet elliklarning farzandlarini qabul qilish to‘xtatildi.
Mavzuga oid

21:57 / 04.05.2025
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi

14:58 / 03.05.2025
O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi

19:35 / 02.05.2025
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi

22:09 / 01.05.2025