Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi
Yangilik migrant bolalarni «keyinchalik moslashishi va Rossiya jamiyatiga integratsiyalashuvini» ta’minlashga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

Foto: IZVeSTIYa
Rossiya hukumati Davlat Dumasiga yangi qonun loyihasini taqdim etdi, unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligining hududiy organlari Rossiya ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chet el fuqarolarining farzandlari haqida mintaqaviy hokimiyatlardan ma’lumot oladi.
Hujjatning tushuntirish xatida aytilishicha, yangilik migrant bolalarni «keyinchalik moslashishi va Rossiya jamiyatiga integratsiyalashuvini» ta’minlashga qaratilgan.
Ichki ishlar vazirligiga taqdim etiladigan ma’lumotlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
- voyaga yetmagan chet elliklarning maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan rus tilidan test natijalari;
- migrant bolalarni asosiy umumiy ta’lim dasturlari, o‘rta kasb-hunar ta’limi dasturlari yoki kasb-hunar ta’limi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- chet ellik talabalarning ta’lim muassasalaridan chetlatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritilgan chet ellik talabalar va ularning qonuniy vakillarining ta’lim muassasalariga murojaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Beriladigan ma’lumotlarning aniq shakllari va tarkibi, shuningdek, idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tartibi hukumat tomonidan alohida hujjatda belgilanadi.
Rossiyada 2025 yil 1 aprelidan boshlab maktablarda migrant bolalarning rus tilidan bilimini sinovdan o‘tkazishni talab qiluvchi qonun kuchga kirdi. 1-sinfga qabul qilish uchun 10 ta topshiriqdan 9 tasini, 2-5-sinflar uchun 20 tadan 18 tasini, 6-9-sinflar uchun 22 tadan 20 tasini va 10-11-sinflar uchun 24 ta topshiriqdan 22 tasini to‘g‘ri bajarish kerak, bu ularning umumiy sonining qariyb 90 foizini tashkil etadi.
Mavzuga oid

14:51
Moskva aeroportlarida kollaps: dronlar hujumi tufayli aviakompaniyalar o‘nlab reyslarni kechiktirdi va bekor qildi

13:37
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi

13:22
OAV: YeK Rossiyaning «soyadagi floti»ga qarshi yangi sanksiyalar taklif qiladi

10:57