Jahon | 11:30 / 25.04.2025
4379
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada «Nord-Ost» terakt ishi bo‘yicha qamalgan shaxs 22 yildan keyin ozodlikka chiqdi

Alixon Mejiyev 2024 yil 28 oktabr kuni jazoni to‘liq o‘tab bo‘lgach, ozodlikka chiqarildi.

Foto: RIA Novosti

«Nord-Ost» terakt ishi bo‘yicha 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Alixon Mejiyev jazoni to‘liq o‘tab bo‘lgach, ozodlikka chiqdi, deb yozdi «RIA Novosti» huquq-tartibot idoralariga tayanib.

«Alixon Mejiyev 2024 yil 28 oktabr kuni jazoni to‘liq o‘tab bo‘lgach, ozodlikka chiqdi», dedi manba.

2002 yil 23 oktabr kuni kechqurun terrorchilar Moskvadagi teatr markaziga bostirib kirib, 914 kishini - «Nord-Ost» musiqiy tomoshasi ishtirokchilari va tomoshabinlarini garovga oldi. Teatr markaziga uyushtirilgan hujumda jami 40 nafar terrorchi ishtirok etgan. 26 oktabr kuni ertalab garovga olinganlarning aksariyati maxsus operatsiya natijasida ozod qilindi. Terakt oqibatida 130 kishi halok bo‘ldi.

Bundan bir necha kun oldin, Moskvaning Pokrishkin ko‘chasida joylashgan McDonald's restorani yonida mashina portladi. Bir kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi yaralandi.

2004 yil aprel oyida Moskva shahar sudi «Nord-Ost» terakti ishidan alohida jinoiy protsessga ajratilgan McDonald's terakt ishi bo‘yicha to‘rt nafar ayblanuvchiga hukm chiqardi. Aslan Murdalov 20 yilga, Alixon Mejiyev 22 yilga, Axad Mejiyev 18 yilga, Xampash Sobraliyev 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Mejiyev o‘z aybiga qisman iqror bo‘lgan edi.

Mavzuga oid