O‘zbekiston | 12:22 / 25.04.2025
9192
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida ayrim joylarda harorat +39 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +27…+30, ayrim joylarda +36…+39 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi

Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Ushbu kunlarda havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi havo +27...+30 darajagacha, yakshanba kuniga borib esa +32...+35 darajagacha isiydi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda dam olish kunlari ba’zi joylarda +36...+39 darajagacha isiydi.

Toshkent shahrida 25–27 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat +28...+30 daraja, shanba kuni +30...+32 daraja, yakshanba kuni +32...+34 daraja bo‘ladi.

Harorat asosan kechalari +15...+18 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.

Mavzuga oid