Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: Yevropa Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol yetkazib berish o‘rniga uning mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlamoqchi
Manbalarga ko‘ra, Kiyevga bir necha yildan beri qurol yetkazib berayotgani sabab Yevropaning o‘z zaxiralari tugab bormoqda. Shu bois YeI davlatlari Ukraina mudofaa sanoatiga mablag‘ yo‘naltirish niyatida.

Foto: REUTERS
Yevropa Ukrainaga qurol yuborish o‘rniga mamlakatning mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda yevropalik amaldorga tayanib The Washington Post xabar berdi.
Ichki muhokamalardan xabardor WP suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga bir necha yildan beri qurol yetkazib berayotgani sabab Yevropaning o‘z zaxiralari tugab bormoqda, shu bois «Ukraina mudofaa sanoatiga mablag‘ yo‘naltirish modelini ko‘rib chiqayotgan davlatlar soni oshyapti».
Ta’kidlanishicha, Jo Bayden ma’muriyati davrida yetkazib berilgan qurollar zaxirasi tugab borayotgani sabab Yevropa Amerika yordamining to‘xtatilishini to‘liq qoplay olishiga bo‘lgan shubhalar tobora ortib bormoqda.
WP manbasining qayd etishicha, Yevropa uchun bu arzonga tushadi, ukrainaliklar ham qurol ishlab chiqarishi kerak va ushbu strategiyani har ikki tomon uchun foydali deb atash mumkin. Shuningdek, bu NATO davlatlariga Ukraina hududidan yangi qurol turlari, xususan, ularning tajribasi kam bo‘lgan dronlar ustida sinov o‘tkazish poligoni sifatida foydalanish imkonini beradi.
WP misol tariqasida «Bogdana» g‘ildirakli o‘ziyurar gaubitsasini keltirgan. Bu — NATO kalibriga mos keluvchi birinchi Ukraina gaubitsa bo‘lib, u mamlakat xavfsizligini ta’minlashda yordam berishi mumkin. Urush davomida Yevropadagi ittifoqchilari bilan hamkorlik doirasida «Bogdana»larni ishlab chiqarish hajmi keskin ko‘paygan — 2023 yilda oyiga bunday qurollardan olti dona ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2025 yilda ushbu ko‘rsatkich 20 tadan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 9 aprel kuni Yevropa gaubitsalar ishlab chiqarishga 1 milliard yevro miqdorida qo‘shimcha transh ajratilishini e’lon qilgandi — ushbu mablag‘lar Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan daromadlar hisobidan qoplanadi. Ta’kidlanishicha, bu Ukraina artilleriyasi uchun ajratilgan eng katta mablag‘ hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi
Jahon | 19:18
-
Importda yana muammo: Texnik tartibga solish agentligi muzlatkich va sovitkichlarni O‘zbekistonga kirgizmayapti
Iqtisodiyot | 18:37
-
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi
Jahon | 18:13
Mavzuga oid

15:10
Harbiy jinoyatlarda ayblangan Rossiya brigadasi komandiri halok bo‘ldi

14:24
Bloomberg: Ukraina Tyumen viloyatidagi gaz quvurini portlatib yubordi

14:07
Mers Ukrainaning tiklanishi uchun zarur shartlarni sanab o‘tdi

12:30