Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
YTHlarning oldini olish maqsadida Toshkent viloyatidagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligi 100 km/soatdan 80 km/soatga qadar kamaytirildi.

Foto: Toshkent viloyati YHXB
Toshkent viloyati hokimining ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini kamaytirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, bu bilan hududlardagi avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini kamaytirish maqsad qilingan.
Hokim qarori bilan Toshkent viloyati YHXBning viloyat hududida joylashgan 37 ta yo‘l qismlaridagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini soatiga 100 kilometrdan 80 kilometrgacha kamaytirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mashinalar tezligi kamaytirilayotgan hududlardan tashqarida joylashgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga 3.24 «yuqori tezlik cheklangan» yo‘l belgilarining amaldagi talablar asosida besh kun muddatda o‘rnatilishini ta’minlash topshirildi.
Viloyat YHXB tezligi kamaytirilayotgan aholi yashash hududlaridan tashqarida cheklangan tezlikda avtomobillar harakatlanishini nazorat qilish uchun shaxsan mas’ul etib belgilandi.
Mavzuga oid

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

07:40 / 06.05.2025
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi

15:01 / 05.05.2025