Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘tgan 80 yil ichida Orol dengizi 1 milliard tonnadan ortiq suvni yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Advantour
1960-yillardan beri qurib borayotgan Orol dengizi tubi yer mantiyasining shishishi tufayli ko‘tarilishda davom etmoqda. Bu haqda Nature Geoscience nashrida e’lon qilingan tadqiqotda aytiladi.
Qayd qilinishicha, o‘tgan 80 yil ichida Orol dengizi 1 milliard tonnadan ortiq suvni yo‘qotgan (bu Misrdagi bir yuz ellik Xeops piramidasi og‘irligiga teng) va bu xuddi prujina kabi yer qobig‘ining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.
2016 va 2020 yillar oralig‘ida o‘tkazilgan sun’iy yo‘ldosh o‘lchovlari yiliga o‘rtacha 7 mm ga o‘sadigan 500 km radiusli do‘nglikni aniqladi.
Bu suvning yo‘qolgan og‘irligini qoplash uchun Yer mantiyasining ko‘tarilishi tufayli sodir bo‘ladi. Qurigan dengiz tubining ko‘tarilishi o‘nlab yillar davom etmoqda.
Orol dengizi bir paytlar Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan dunyodagi to‘rtinchi eng katta ko‘l edi. U asosan ikki daryo - Amudaryo va Sirdaryodan suv olgan. 1960-yillarda paxta maydonlari va cho‘llarni sug‘orish uchun Amudaryo va Sirdaryodan suvni burish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirila boshlandi. Bu Orol dengiziga suv oqimini keskin kamaytirdi.
Eski va oqayotgan kanallar, bug‘lanish va noratsional foydalanish oqibatida dengiz suvining katta yo‘qotishlari sodir bo‘ldi.
2000-yillarga kelib, dengiz deyarli butunlay yo‘q bo‘lib ketdi: suv sathi pasaydi, sho‘rlanish ko‘paydi, ekotizim buzildi. Dengizning yo‘q bo‘lib ketishi qurg‘oqchilik, chang bo‘ronlari va haddan tashqari haroratni keltirib chiqardi. Havo chang, tuzlar va pestitsidlar bilan to‘lib, astma, saraton va sil kabi kasalliklarning ko‘payishiga olib keldi. Yerlar dehqonchilik uchun yaroqsiz holga kelib qoldi.
2005 yilda Qozog‘istonning «Ko‘k-Orol» loyihasi dengizning shimoliy qismini (Kichik Orol dengizi) qisman tiklash imkonini berdi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
Jahon | 09:01
-
UNRWA: G‘azoda dori-darmon tugayapti, falastinliklar davolanish imkonidan mahrum
Jahon | 08:18
-
AQSh va Ukraina tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv imzoladi
Jahon | 07:48
-
Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in kelib chiqdi
Jamiyat | 07:39
Mavzuga oid

23:15 / 30.04.2025
Qozog‘iston investorlar uchun yangi «oltin vizalar»ni joriy etmoqda

15:05 / 30.04.2025
Toshkentda "Ekologik patrul" qo‘shma bo‘linmasi tashkil etiladi

18:56 / 29.04.2025
Qozog‘iston xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbarining qasri ijtimoiy ehtiyojlar uchun musodara qilindi

13:36 / 29.04.2025