Tramp nolegal migrantlarga «o‘zi ixtiyori bilan mamlakatni tark etish» dasturini e’lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp noqonuniy migrantlar uchun yangi dasturni e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etuvchi shaxslarga mablag‘ va samolyot chiptasi beriladi, deb yozmoqda Reuters agentligi.

Foto: The Wall Street Journal
Trampning aytishicha, bu «o‘z ixtiyori bilan deportatsiya» dasturi moliyaviy yordam va kelajakda AQShga qonuniy qaytish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.
«Biz ularga nafaqa beramiz. Biroz pul va samolyot chiptasi berib, keyin ular bilan ishlaymiz. Agar ular o‘zini yaxshi tutishsa va agar biz ularni qaytarmoqchi bo‘lsak, buni tezroq amalga oshirishga urinamiz», — dedi Tramp Fox Noticias telekanaliga bergan intervyusida.
Oq uy vakilining ta’kidlashicha, bu bayonotga qo‘shimcha qilinadigan hech narsa yo‘q.
Tramp avvalroq noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish niyati borligini bildirgan va bu maqsadda noan’anaviy yuridik yondashuvlardan ham foydalangan edi. Ma’muriyat, shuningdek, noqonuniy migrantlarni o‘zlari chiqib ketishlariga ko‘ndirishga harakat qilmoqda — xususan, ulardan CBP Home ilovasi orqali mamlakatni tark etish niyatini bildirishlari so‘ralmoqda.
Mavzuga oid

21:44 / 01.06.2025
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi

21:17 / 01.06.2025
Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi

18:51 / 01.06.2025
AQShda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 250 mln asalari uchib ketdi

14:42 / 31.05.2025