Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi
Joriy yilning 17 aprel kunidan 21 aprel kuniga qadar Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Foto: Kun.uz
Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi «Toshkent IES» va PS 110/6 kV «DOK» podstansiyalari oralig‘idagi L-DOK-1 va L-DOK-2 quvvati 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ini modernizatsiya dasturi doirasida eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy kabel tarmog‘iga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, soat 08:00 dan 18:00 ga qadar vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
Olmazor tumani:
21-sonli oilaviy poliklinika, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Kar soqovlar jamiyati, 16-, 315-sonli maktab, 4-, 20-, 39-MTM;
«Ahil» MFY, «Elparvar» MFY, «Ibrohim ota» MFY, «Gulzor» MFY, «Qorasaroy» MFY, «Oltinsoy» MFY qisman, «Moyariq» MFY, «Miskin» MFYda;
Tadbirkorlik sub’yektlari - Muharram Trede XK, Medex Textile QK, Zelal Textile MChJ, New Castle XK, Musayev XK, Xaytmetov XK, Osiyo batareya MChJ, Xaydarov XK, Akfa Bulding Materials XK, Rom Farm XK, Ijod-Ijod XK, Keramiks plyus MChJ, Shinokotraktorg DP, «Tashkent Mebel MChJ, Iran Karavan MChJ, Temir Yo`llari XK.
Yunusobod tumani
52-sonli oilaviy poliklinika, Kanalizatsiya nasos stansiyasi (KNS), 52- va 86-sonli maktab, 502-MTM;
«Astrobod» MFY, «Turkiston» MFY, «Ming Chinor» MFY, «Nurmakon» MFY, «Sobirobod» MFY, «Hamkorobod» MFY, «Katta Hasanboy», «Sharq Haqiqati» MFY, «Registon» MFY, «Yo‘lariq» MFY, «Uch Qahramon» MFY;
Tadbirkorlik sub’yektlari - «Jahongir servis» MChJ, Raupxon OAJ, «Toshkent Metro Qurilish» MChJ, Sanico Group MChJ, «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ, «Toshkent Metropoliteni» DUK, «Biznes Daymond» MChJ, «Megatrans Presstij» XT, «Toshkent Issiqlik Markazi» MChJ, «Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi» UK.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Mavzuga oid

14:56 / 06.05.2025
Toshkentda “zakladka” bilan shug‘ullangan talaba 12 yilga qamaldi

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

20:16 / 05.05.2025
Toshkent shahri va viloyatida to‘rtta sher noqonuniy boqib kelingani aniqlandi

16:57 / 05.05.2025