Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi
Bu borada hukumatlararo bitimni imzolash rejalashtirilgan.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Lyublyana shahrida Sloveniya mehnat, oila, ijtimoiy masalalar va teng imkoniyatlar vaziri Luka Mesets bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda mehnat munosabatlari va migratsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
"Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" sammiti mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, aloqalarni kengaytirish, jumladan, migratsiya va mehnat munosabatlari masalalari uchun mustahkam zamin yaratishi ta’kidlandi.
Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, Sloveniya iqtisodiyotining turli tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Bu boradagi hukumatlararo bitimni imzolash istiqbollari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid

16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi

21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV

10:21 / 22.04.2025
Fitch 2025 yildagi global iqtisodiy o‘sish prognozini ikki foizgacha pasaytirdi

08:05 / 22.04.2025