Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi
U jiyani bilan birga Panjob Milliy bankining 1,6 mlrd dollardan ortiq mablag‘larini o‘zlashtirib, mamlakatdan qochib ketgan.

Foto: AP
Yetti yil avval Panjob Milliy bankining 1,6 milliard dollardan ortiq mablag‘larini o‘zlashtirib, Hindistondan qochib ketgan milliarder Mehul Choksi Belgiyada hibsga olindi.
Mehul Choksi hamda uning jiyani Nirav Modi Hindiston Markaziy tergov byurosi tomonidan Panjob Milliy banki mansabdor shaxslari bilan til biriktirib, mablag‘larni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘lganidan keyin qidiruvga berilgan edi.
Hindiston tarixidagi eng yirik firibgarlik holati haqida 2017 yil oxirlarida ma’lum bo‘lgan. 2018 yil yanvarda Choksi o‘zining yaqin qarindoshlari bilan Hindistondan qochib ketgan. Shu vaqtgacha u qayerda yashirinib kelayotgani noma’lumligicha qolayotgan edi. Choksini qidirish bilan Interpol shug‘ullangan.
Belgiya Adliya vazirligi hindistonlik qochoq biznesmen Choksi 12 aprel kuni hibsga olinganini e’lon qildi. «U keyingi sud jarayonlarigacha hibsda saqlanadi, advokat yordami ta’minlangan», — deyiladi xabarda.
Hindiston Belgiyadan gumonlanuvchini ekstraditsiya qilishni so‘radi. Adliya vaziri Arjun Rahm Megxval Belgiyada yashirinib kelgan Choksining qo‘lga olinishi bosh vazir Narendra Modi hukumati davridagi hind diplomatiyasining g‘alabasi hisoblanishini ta’kidladi. «Bu Hindiston uchun g‘urur masalasi», — deydi u jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, Nirav Modi 2019 yilda Londonda hibsga olingan edi. Ularning ikkisi ham vatanida zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullangan. Xususan, Choksi butun Hindiston bo‘ylab 4 mingga yaqin do‘koni mavjud Gitanjali Gems kompaniyasiga egalik qilgan.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

21:50 / 17.06.2025
Hindiston Pokistonga oqadigan daryolarning «ortiqcha suvini» o‘z hududiga yo‘naltirmoqchi

21:10 / 13.06.2025
Hindistonda Dreamliner qulashi: aviahalokat sababi nima bo‘lishi mumkin?

18:43 / 12.06.2025
OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

17:07 / 12.06.2025