Tojikistonda uchinchi zilzila yuz berdi
Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistondagi takroriy zilzila kuchi 4,5 ballni tashkil qilgan.

Foto: Sputnik / Amir Isayev
Tojikistonda 14 aprel, dushanbaga o‘tar kechasi 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, yerosti silkinishlari UTC bo‘yicha 0:44 (Toshkent vaqti bilan 5:44) da Rasht shahridan 23 km uzoqlikda qayd etilgan. Zilzila episentri 5 kilometr chuqurlikda joylashgan. Xabar e’lon qilinayotgan vaqtda ehtimoliy qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Bir kun avval, 13 aprelda Tojikistonda ikki marta zilzila qayd etilgan edi. Ularning episentrlari Rasht tumani markazi yaqinida, mamlakat poytaxti Dushanbedan 180 km sharqda joylashgan.
AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, kun davomida birinchi zilzila mahalliy vaqt bilan soat 09:24 da sodir bo‘lgan. Uning magnitudasi 5,8 ni tashkil etdi. U qo‘shni O‘zbekiston hududida ham sezildi, Toshkentda 2 balli yerosti silkinishlari kuzatildi.
Kun davomida ikkinchi zilzila mahalliy vaqt bilan soat 12:14 da sodir bo‘ldi. EMSC mutaxassislari zilzila magnitudasini 4,2 ga baholadi. Zilzila episentri Rasht shahridan 40 km sharqda joylashgan.
13 aprel kuni RIA «Novosti» Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasining inqirozni boshqarish markaziga tayanib, yer silkinishi oqibatida uch yoshli bola halok bo‘lganini xabar qildi.
Mavzuga oid

07:34 / 16.04.2025
Xivada O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

07:02 / 16.04.2025
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?

17:43 / 13.04.2025