Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning Moskvadagi elchisi Rossiyadan boshpana so‘radi
Elchi Bashar al-Jafari Suriyaning chet eldagi diplomatik vakolatxonalaridagi o‘zgarishlar sabab o‘tgan hafta mamlakat Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatiga chaqirilgan edi.

Foto: Kommersant’
Suriyaning Moskvadagi elchisi Bashar al-Jafari Rossiyadan boshpana so‘radi, deb xabar bermoqda TASS.
Qayd etilishicha, Suriya diasporasi uni Damashqqa chaqirib olishni talab qilgan, chunki elchi Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlagan oldingi rejimning muhim vakillaridan hisoblanadi.
O‘tgan hafta Bashar al-Jafari Suriyaning chet eldagi diplomatik vakolatxonalaridagi o‘zgarishlar sabab mamlakat Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatiga chaqirilgani ma’lum bo‘lgandi. 2020-2022 yillarda al-Jafari Suriya TIV rahbarining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, 2006 yildan 2020 yilgacha esa respublikaning BMT huzuridagi doimiy vakolatxonasini boshqargan.
Suriyada hokimiyat almashganidan keyin al-Jafari Bashar Asadni tanqid qilib chiqqan edi. Mamlakatning yangi rahbariyatini u «katta istiqbolli» deb atagan. Suriya diasporasi al-Jafarining Damashqqa qaytishiga shubha bildirgan, chunki TIV markaziy apparatiga o‘tkazilishi uni qo‘lga olish uchun bahona bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, Bashar al-Jafari Rossiyadan boshpana so‘raganini rad etdi. «Yo‘q, ushbu yangilik mutlaqo noto‘g‘ri. Bunday xabarlar qayerdan paydo bo‘lganiga hayronman», — dedi elchi «RIA Novosti»ga.
TASS manbasiga ko‘ra, Suriya elchisining boshpana borasidagi so‘rovi ko‘rib chiqiladi, uning o‘zi esa Damashqqa qaytishni hozircha rejalashtirmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 8 dekabr kuni Suriyada hokimiyat tepasiga «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi keldi. 10 dekabr kuni Muhammad al-Bashir o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinlanganini e’lon qildi. Bashar Asad esa mamlakatdan Rossiyaga qochib ketdi. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Asad oilasiga boshpana berish qarorini shaxsan Putinning o‘zi qabul qilgan.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
-
BMT bosh kotibi Turkmanistonga keldi
Jahon | 01:00
-
Armaniston sobiq bosh vaziri Jyennifer Lopes konsertiga qilingan xarajatlarni konstitutsiyaga zid deb atadi
Jahon | 00:46
-
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

07:11
Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

21:14 / 03.08.2025
Turkiyadan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi

13:12 / 28.07.2025
Suriyada Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar o‘tkaziladi

23:10 / 25.07.2025