WSJ: Eron AQSh bilan muzokaralarda yadroviy dasturini cheklash evaziga sanksiyalar yumshatilishini talab qildi
O‘monda Eron va AQSh vakillari o‘rtasida muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Unda Eron tomoni o‘zining yadroviy dasturini cheklash evaziga bir qator shartlarni ilgari surdi.

Foto: Abdelhadi Ramahi/Reuters
Eron AQSh bilan O‘monda o‘tkazilgan bilvosita muzokaralar davomida o‘zining yadroviy dasturini cheklash evaziga Amerika sanksiyalari yumshatilishini talab qildi. Bu haqda uchrashuvdan xabardor manbalariga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.
Qayd etilishicha, Eron vakillari yangi bitim doirasida Tehron iqtisodiyotini falajlab qo‘ygan AQSh sanksiyalari yumshatilishini talab qilgan.
Bundan tashqari, Eron xorijda muzlatilgan milliardlab dollarlaridan foydalanishni, shuningdek, AQSh Eron neftini sotib olayotgan xitoylik xaridorlarga bosim o‘tkazishni to‘xtatishini xohlamoqda.
Buning evaziga Tehron uranni 2015 yilgi bitim doirasida ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlarda boyitishga qaytishga tayyor.
Eron va AQSh delegatsiyalari 12 aprel kuni O‘mon poytaxtida bilvosita muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvdan keyin Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar yaxshi o‘tganini ma’lum qildi. Muzokaralarning ikkinchi raundi 19 aprelda bo‘lib o‘tadi.
Tehron 2018 yilda Donald Tramp AQShni yadroviy dastur bo‘yicha bitimdan chiqishini e’lon qilganidan keyin uranni boyitishni qayta tiklagan edi. Amerika razvedkasining hisoblashicha, Eron bir necha oy ichida yadroviy qurol yaratishi mumkin. Tramp esa Eronda yadroviy qurol paydo bo‘lishiga qarshi.
Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Eronga yangi yadroviy bitim tuzish uchun ikki oy muhlat bergan. AQSh prezidentining asosiy talabi — Eronning yadroviy qurol yaratishdan butunlay voz kechishidir.
Shu bilan birga, Donald Tramp Yaqin Sharqdagi Amerika Qurolli kuchlari ishtirokini oshirishni buyurgan. Agar Tramp diplomatiyasi muvaffaqiyatga erisha olmasa, ular Erondagi yadroviy obektlarga zarbalar berishi yoki Isroil hujumlarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Mavzuga oid

18:19 / 23.04.2025
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi

14:20 / 23.04.2025
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti

13:52 / 23.04.2025
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi

09:05 / 23.04.2025