Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiqda yukxonadagi elektroskuterda yuz bergan qisqa tutashuv oqibatida Changan yonib ketdi
Tezkor harakatlar natijasida yukxonada bo‘lgan 18 ta velosipeddan 9 tasi va 4 ta elektroskuterdan 1 tasi yong‘indan saqlab qolingan.

Foto: FVV
Kecha, 11 aprel kuni soat 21:53 da A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
FVV xabariga ko‘ra, «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan Changan rusumli avtotransport vositasi yukxonasida bo‘lgan elektroskuterning quvvatlagichida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:09 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:11 da o‘rab olingan va soat 22:12 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida avtotransport vositasining salon qismi hamda yukxonasi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida yukxonada bo‘lgan 18 ta velosipeddan 9 tasi va 4 ta elektroskuterdan 1 tasi yong‘indan saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

15:10 / 05.10.2024
Toshkentda Cobalt va Changan to‘qnashdi

12:01 / 15.07.2024
Toshkentda elektroskuter haydovchisi piyodani urib yubordi

16:09 / 02.07.2024
Toshkentda Matiz elektroskuterni urib yubordi

16:38 / 18.05.2023